UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani

2014-03-20 / 10:32

Jizzax politexnika institutida 2014 yilning 16-17 may kunlari "Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish muammolari" mavzusidagi O'zbekiston Respublikasi miqyosidagi ilmiy-texnik anjumani o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

• Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida tadbiq etishdagi ekologik muammolar;
• Avtotransport vositalarini ishlatish, servis xizmat ko'rsatish, yo'l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;
• Transport va qurilish inshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari;
• Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;
• Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirishda kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish masalalari;
• Texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlarida zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari va ta'lim jarayonida ulardan foydalanishning dolzarb muammolari;
• Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni talabalar ongiga singdirishda ijtimoiy fanlarning roli.

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus, ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etish rejalashtirilmoqda. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar

- Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki konfe-jizpi@mail.ru elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.
   
- Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3-5 bet hajmda, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 

- Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot va shahar nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Adabiyotlar  ro'yxati to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar albatta ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

- Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

- Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda  matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjumanda qatnashish shartlari quyidagicha:

- anjumanda qatnashish uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2014 yil 20 aprelgacha;

- badal puli (To'lov – 30000 so'm) to'laganligi haqidagi hujjatlar faks 8(372)226-45-47 yoki skaner qilingan holda elektron pochta orqali yuborish muddati 2014 yilning 20 aprelgacha.

Badal puli to'lash uchun hisob raqami:
O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
x/r: 23402000300100001010    INN: 201122919
MFO: 00014
JizPI
Sh/xv 400110860084017950100079001    INN: 201672757

Jizzax shahriga kelish va ketish, mehmonxonada yashash bilan bog'liq xarajatlar ishtirokchilarning o'z hisoblaridan amalga oshiriladi. Agar mehmonxonada yashashga zarurat bo'lsa joy bron qilish uchun talabnomada ko'rsatilishi lozim.

Anjuman ishtirokchilari uchun Jizzax diyori madaniyati va tarixiy yodgorliklari bilan tanishishga sharoit yaratiladi.

Tashkiliy qo'mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-01, Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax politexnika instituti. E.mail: konfe-jizpi@mail.ru

O'qildi: 628 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting