UZ | RU | EN    

1 2
 
«Aprel 2018»
DuSeChPaJuShYa
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ilmiy faoliyat

Jizzax politexnika institutining 2014 yilda o'tkazish uchun Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman

2014-03-15 / 11:30
Jizzax politexnika institutining 2014 yilda o'tkazish uchun
Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman bo'yicha
ASOSNOMASI


1. Anjuman mavzusi: Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqarish tarmoqlariga tadbiq etish muammolari.

2. Anjuman maqomi: Respublika miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman

3. Ilmiy va ilmiy-texnik anjumanni o'tkazish uchun asos bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasini qarorlari, farmoyishlari yoki boshqa manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 7 avgustdagi "Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-436 sonli, 2008 yil 15 iyuldagi "Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag'batlantirish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-916 sonli va "Oliy ta'lim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora tadbirlari to'g'risida" qarorlari.

4. Anjumanning ilmiy yo'nalishi, maqsad va vazifalari:
• Mamlakatimizda fan va texnologiyalar modernizatsiyasi borasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar samaradorligini oshirish, Respublika ijtimoiy hayotining har bir sohasi va jabhasini rivojlantirish;
• Respublika fan va texnologiyasining rivojlanish istiqboli, mavjud yuqori salohiyatli ilmiy maktablar an'analari hamda ilg'or fundamental va amaliy tadqiqotlarning natijalari bilan tanishish;
• O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy masalalari hamda ishlab chiqarish korxonalari muammolarini yechishda ilmiy asoslangan takliflar berish;
• Ta'lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlar natijalarini muvofiqlashtirish, faoliyat ko'rsatayotgan yosh olim, ilmiy tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli hamda iste'dodli talabalarga keng imkoniyatlar yaratish;
• Respublika olimlari tomonidan dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan yo'nalishlarda olib borilayotgan va salmoqli natijalarga erishilayotgan ilmiy tadqiqotlar ko'lamini yanada kengaytirish;
• Mamlakatimizning intellektual nufuzini faol reklama qilish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo'naltirish;
• O'zbekiston Respublikasi va xorijda yaratilayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan yaqindan tanishish, ularni iqtisodiyot tarmoqlarida tadbiq etishga ko'maklashish.

5. Muhokama qilinadigan muammolar:
• O'zbekiston Respublikasida sanoat tarmoqlari energetik samaradorligini oshirish muammolari;
• O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligida mashina va mexanizmlarni takomillashtirish muammolari;
• Ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida zamonaviy texnika va texnologiyalarni tadbiq etishdagi ekologik muammolar;
• Avtotransport vositalarini ishlatish, yo'l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;
• Bino va inshootlar, avtomobil yo'llari qurilishida innovatsion texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari;
• Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;
• Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratish asosida sohaning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yuksaltirish istiqbollari;
• Oliy o'quv yurtlarida zamonaviy kompyuter dasturlari yaratish hamda talabalarni ilg'or pedagogik metodlarda o'qitishning dolzarb muammolari;
• Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni talabalar ongiga singdirishda ijtimoiy fanlarning roli.

6. O'tkaziladigan tadbirning ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar bilan bog'liqligi: 
Istiqbolli yo'nalishlar bo'yicha yaratilayotgan innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar va xo'jalik shartnomalari asosida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog'liq bo'lib, mazkur ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari anjuman ishida atroflicha muhokama qilinadi.

7. Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik:
Anjumanda muhokama qilinadigan masalalar Respublikamiz iqtisodiyoti tarmoqlarida innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari hamda ularning yechishga qaratilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi ilmiy-texnik va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida katta ahamiyatga ega.

Anjuman natijasida professor-o'qituvchilar, talabalar, ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislari o'rtasida o'zaro ilmiy-ijodiy hamkorlik muhitini, o'zaro fikr-mulohaza va tajriba almashishlari uchun sharoit yaratib beriladi va ularni fan-texnika taraqqiyoti yo'lida birlashtiriladi. Mamlakatimizning intellektual nufuzini faol reklama qilish hamda izlanishlar natijasini tijoratlashtirishga yo'naltiriladi.

8. Ilmiy-texnik anjumanda yosh olimlar, mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi –izlanuvchi va magistrlarning ishtirok etishi:
Ilmiy-texnik tadbirda yosh olimlar, mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi –izlanuvchi va magistrantlardan 160 nafar kishi ishtirok etishi kutilmoqda.

9. Xorijiy hamkorlar bilan kelishilganligi haqida rozilik xatlari: -yo'q.

10. Anjumanni o'tkazishda Respublikada mavjud soha tashkilotlarining ishtiroki:
Anjumanni o'tkazishda "O'zavtosanoat" AK, "O'zavtoyo'l" DAK va "O'zbekiston temir-yo'llari" DATYK, "O'zbekengilsanoat" DAK, O'zbekiston Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi, "O'zog'irsanoat" ilmiy tekshirish institutlari, Toshkent traktor zavodi OAJ, Jizzax viloyati va shahri hokimliklari, Ilmiy markazlar, 20 dan ortiq oliy o'quv yurtlari professor-o'qituvchilar, talabalar, ilmiy xodim-izlanuvchi, mustaqil tadqiqotchi, tegishli sohalar olim va mutaxassislari ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

O'qildi: 750 | Reyting: 5 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting