UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"AYOL - MA'NAVIYAT GULSHANI" MAVZUSIDAGI 6 - ILMIY-AMALIY ANJUMAN

2014-02-27 / 09:36

Jizzax politexnika institutida 2014 yilning 3-4 may kunlari Respublika miqyosidagi "Ayol - ma'naviyat gulshani" mavzusidagi 6 – ilmiy – amaliy  anjumani o'tkaziladi.

Konferensiyani o'tkazishda Respublikada mavjud oliy o'quv yurtlari olimlari, xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raislari va viloyat, shaharlar xotin-qizlar qo'mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi, bakalavr va magistrlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

- Xotin-qizlar faoliyatini qo'llab-quvvatlash, ularning oila va jamiyatdagi rolini kuchaytirish;
- Xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishida faol ishtirok etishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- Respublikada sog'lom oilani shakllantirish, ayollar va bolalarning sog'lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish;
- Aholi reproduktiv salomatligini mustahkamlash, har tomonlama barkamol avlodni hayotga keltirish va shakllantirish maqsadida jamoatchilikning tibbiy madaniyatini va savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan keng ko'lamli axborot-targ'ibot ishlarini olib borish;
- "Sog'lom ona - sog'lom bola" harakatining mazmun mohiyatini talaba-yoshlar va keng ommaga yetkazishga qaratilgan  axborot-targ'ibot ishlarini olib borish;
- Ayollar sportini rivojlantirishda xotin-qizlar qo'mitasining roli;
- Yosh avlodni tarbiyalashda, begona g'oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolaridan asrashda xotin-qizlar qo'mitasining roli;

Maqola, tezis materiallari o'zbek va rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar:

Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki Jizpixq@inbox.uz elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.
 
Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3 bet hajmdan kam bo'lmasligi, A-4 kattalikdagi kog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi hamda maqola avtori ish jarayonidagi  6x9 hajmdagi shaxsiy foto – suratini taqdim etishi lozim.

Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola. tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjuman ishida ishtirok etish shartlari:

- anjumanda ishtirok etish uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2014 yil 10 aprelgacha;
- badal puli (To'lov har bir sahifasi uchun 10.000 so'm, shaxsiy foto - suratli to'plam oluvchilarga har bir sahifasi uchun 15.000 so'm) to'laganligi haqidagi hujjat.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona G'azna hisob varag'i h/r: 23402000300100001010  
INN: 201122919
MFO: 00014
JizPI Sh/xv 400110 860 08401 7950100 079001
INN: 201672757
OKONX: 92110
Tashkiliy qumita manzili: 130100. Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shox ko'chasi, 4 uy.
Tel.: (+99872)226-57-17, 226-57-01
Faks: (+99872)226-45-47, (+99891)941-15-15 Jizzax politexnika instituti.
E.mail:  Jizpixq@inbox.uz

Yuklab olish

O'qildi: 641 | Reyting: 1 | Izohlar: 0


OO'Y reyting