UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

Mahalliy xom-ashyodan-solidol

2013-09-18 / 15:46

Hozirgi paytda sintetik solidol ishlab chiqarishda GOST 4366-76 ga asosan sintetik yog' kislotalaridan foydalaniladi. Sintetik yog' kislotalarining (SYoK) 20 va undan katta bo'lgan turlari neftdan olingan parafinlarni qayta ishlash orqali ishlab chiqilayapti.

O'zbekistonda SYoK ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan. Shu sababli hozirgi kunda solidol olishga xom-ashyo izlanmoqda. Izlanishlar bu yo'nalishda texnik salomas (gidrogenizat) reaktivsiz avtoklavda yuqori temperatura (240-2500 S) va bosimda parchalash orqali olinadigan 16, 18 yog' kislotalaridan foydalanish mumkinligini ko'rsatmoqda. Buning uchun yog'-moy korxonalarida quyidagi ketma-ketlikda paxta moyini qayta ishlash zarur:

Quyidagi jadvalda texnik paxta salomasidan olingan  yog' kislotalarining fizik -kimyoviy ko'rsatkichlarini keltiramiz.

T/r

Ko'rsatkichlar

Paxta moy salomasi

Yog' kislotasi

1.
2.
3.
4.

5.

Erish temperaturasi oS
Yod soni, g J2/100g
Kislota soni, mg KON/g
Sovunlanish soni, mg KON/g

Tashqi ko'rinish

38,5

4,1
182
Qattiq,
oq rangda

31,4

175
189
Qattiq,
oq rangda


Texnik paxta salomasidan olingan yog' kislotalari asosan 16, 18:1 va 18:0 dan iboratligi aniqlandi.

Ushbu yog' kislotalaridan foydalanib, laboratoriya sharoitida solidol olish bo'yicha tajribalar o'tkazildi. Bunda yog' kislotalarining miqdori 60 %ni tashkil etdi. O'tkazilgan tajribalar asosida olingan solidollarning sifat ko'rsatkichlari davlat standartlari asosida o'rganildi. Olingan natijalar esa GOST 4366-76 standarti bo'yicha ishlab chiqarilgan solidol ko'rsatkichlariga taqqoslandi.

 Solidollarning fizik-kimyoviy ko'rsatkichlari quyidagicha bo'ldi:

t/r

Ko'rsatkichning nomi va o'lchov birligi

GOST 4366-76 bo'yicha olingan solidol
(nazorat uchun)

Taklif etilayotgan solidol

1.

Tashqi ko'rinishi

Maz ko'rinishda, jigar rang

Maz ko'rishida, och jigar rang

2.

O'rtacha gradiyent tezlik deformatsiya sm 10-1 va 0 0 dagi effektiv qovushqoqlik, ()

190 (1900)

185 (1850)

3.

50 0 dagi surilishda mustahkamlik chegarasi, (/2)

200-500
(2,0-5,0)

215-520
(2,15-5,2)

4.

Korroziyaga chidamliligi

chidaydi

chidaydi

5.

NaOH ga qayta hisoblangandagi erigan ishqor miqdori, %

0,2

0,17

6.

Erkin organik kislota miqdori

yo'q

yo'q

7.

Xlorid kislotasida erimaydigan mexanik chiqindi miqdori, %

0,3

0,25

8.

Suvning massa miqdori, %

3

2,5

9.

Mexanik turg'unlik,% bizish indeksi () -1 sutka davomida tiksotropik tiklanish indeksi

500

485

10.

250 haroratda (60 ikkilik taktda) aralashtirishdagi penetratsiya

260-310

250-300

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, mahalliy yog' kislotalaridan tayyorlangan solidol o'zining sifat ko'rsatkichlari bilan ko'p yillardan beri Rossiyada ishlab chiqarilayotgan (GOST 4366-76) solidol smazkasidan deyarli farq qilmaydi. Mahalliy yog'-kislotalarini paxta texnik salomasidan ajratib olib, uni solidol retsepturasida qo'llash hisobiga juda katta  iqtisodiy samaraga  erishish mumkin. Chet eldan valyuta hisobiga keltirilayotgan sintetik yog' kislotalariga (SYoK) nisbatan ancha arzon  tayyor mahsulotga ega bo'lamiz .

Mahalliy xom-ashyodan foydalanib solidol ishlab chiqarishni tashkil etish va uni avtotransport ekspluatatsiyasida va boshqa maqsadlarda qo'llashga erishish niyatida olib borayotgan izlanishlarimiz mamlakatimiz iqtisodiyotining yuksalishiga munosib hissa qo'shishidan umidvormiz.

Sirojiddin JIYANBOYEV,
JizPI Transport vositalarini
ishlatish kafedrasining assistenti.

O'qildi: 602 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting