UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

O'qituvchi haqida ma'lumot

2013-09-14 / 10:53

Mustafoqulova Hulkar Ahmedovna - 1958 yil 16 dekabrda  Jizzax tumanining "Toshkentlik" mahallasida tug'ilgan.
U 1966 yilda tumandagi Y.Oxunboboyev nomli 6-o'rta maktabga o'qishga qabul qilindi.
1976 yilda maktabni "Oltin medal" bilan tamomlab, shu yili Samarqand Davlat Universitetining "Roman-German filologiyasi" fakultetining ingliz tili bo'limiga o'qishga qabul qilindi.
1981 yilda o'qishni muvaffaqiyatli tamomlab, o'zi o'qigan maktabda o'qituvchilik qila boshladi.
Hozirgi kunda Jizzax Politexnika instituti, “Xorijiy tillar” kafedrasida katta o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

O'qituvchilik faoliyatida erishgan yutuqlari

•    1996 yilda tumanda o'tkazilgan "Yil o'qituvchisi" ko'rik tanlovi g'olibi.

•    1997 yilda o'tkazilgan "Ijodkor o'qituvchi" ko'rik tanlovi g'olibi.

•    1998 yilda Respublika Xalq Ta'limi vazirligi hamda "Britaniya Kengashi" - "British Council" tomonidan o'tkazilgan "Milliy darslik yozuvchilari musobaqasi" g'olibi.

•    1999-2000-2001-2004 yillarda AQShning Ta'lim va til o'rgatish bo'yicha Amerika Hamkorlik tashkilotining "O'qitishdagi a'lochilik" dasturining 4 marta g'olibi.

•    1999 – 2000 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan tashkil qilingan "Ustoz" Respublika jamg'armasi granti sovrindori.

•    1999 yilda O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'limi Vazirligi tomonidan ko'p yillik samarali mehnatlari hamda ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirishda erishgan muvaffaqiyatlari uchun
"Xalq Ta'limi A'lochisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlangan.

•    2000 yilning yanvar-fevral oylarida Kanadalik hamkorlar bilan uyushtirilgan Xalqaro anjumanda ishtirok etib g'olib bo'ldi va Kanada davlatining Nova Skotiya mintaqaviy Kollejida tajriba almashish dasturida ishtirok etdi. 2000 yil, iyun-iyul.

•    2004 yilning sentyabr oyida o'tkazilgan AQShning Talabalar va olimlar almashinuvi doirasidagi "Jamoa aloqalari va ta'lim" dasturida ishtirok etib, 4-bosqichdan ham muvaffaqiyatli o'tib, g'olib deb topildi.

•    2004 yilning 28 sentyabrida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.

•    2005 yilning yanvar oyida AQShning Minnesota Universitetida tashkil etilgan Xalqaro anjumanda ishtirok etdi.

O'qildi: 601 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting