UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

Kungaboqar - elni boqar

2013-09-11 / 15:56

Tadbirkor talaba ixtirosi

Kungaboqar - elni boqar

Qo'shni hamdo'stlik mamlakatlarida kungaboqar juda ko'p ekiladi va uning yog'i asosiy mahsulot hisoblanadi. Chunki, kungaboqar yog'i nafaqat ovqat tayyorlashda balki, margarin, mayonez va turli konservalar tayyorlashda keng qo'llaniladi.
 
Ekologik jihatdan toza yog' yuqori kaloriyaga, ya'ni, 992,1 kk.ga ega. Bir birlik kungaboqar yog'i 2-3 birlik shakarga, 4 birlik bug'doyga, 8 birlik kartoshkaga teng. Kungaboqar oqsili faqat mollar uchun ozuqa bo'lib qolmay, hamdo'slik mamlakatlarida uning urug'idan qandolatchilik  sanoati uchun oqsil uni ham ishlab chiqarilmoqda. Bu un tarkibida 47-50 foiz oqsil, 14-16 foiz yog', 7-10 foiz uglevod mavjud. Qandolatchilik sanoatida kungaboqar savatidan olinadigan pektin moddasidan ham keng foydalaniladi.

Kungaboqar poyasi qog'oz ishlab chiqarishda bebaho hom-ashyo hisoblanadi. Uning kuli fosforli, kaliyli o'g'it o'rnini bosadi. Kungaboqar urug'ining qobig'i ozuqa xamirturishi, etil spirti va furfurol olishda muhim hom ashyo hisoblanadi. Furfuroldan esa yuqori sifatli plastmassa, sun'iy tola, sinmaydigan oyna va boshqa materiallar olish mumkin.

Olimlarning Noqoratuproq va Sharqiy Sibir xududlarida o'tkazilgan tajribalari shuni ko'rsatadiki, kungaboqardan tayyorlangan silos tarkibida 25% protein, 8% yog', 17% uglevod bo'lib,  to'yimliligi jihatidan makkajo'xoridan qolishmaydi. Bundan tashqari, kungaboqar chiqindilaridan tayyorlanadigan yem to'yimli bo'lib, tarkibida A,B,E vitaminlari bor.

Yana muhim jihati shundaki, bu o'simlik yog'i inson tanasi hujayralarida modda yetishmasligida va zaiflik sezilganda iste'mol qilinsa,  juda katta foyda beradi. Xullas kungaboqar singari yuqori rentabelli ekinlarni kam hosilli, sho'rroq yerlarda yetishtirish mumkin. Dehqonchilikda bir qancha qulay tomonlari bor. Kungaboqar bo'ydor o'simlik bo'lib, begona o'tlarning o'sib, rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Kam suv talab qilganligi uchun yer osti suvlari yaqin bo'lgan maydonlarni qayta sho'rlanishdan saqlaydi.

Kungaboqar yetishtirishda eng ko'p mehnat talab qilinadigan jarayon, bor hosilni yig'ishtirib olish davridir. Sobiq Ittifoq davrida kungaboqar yetishtirgan viloyatlar uni yig'ishtirib olishda don kombaynlaridan foydalanishgan. O'tkazilgan tajribalar  urug'ning 30 foizi isrof bo'lishini ko'rsatdi. Qolaversa, hosilni qayta tozalash zarur bo'ldi.

Kursdoshim Bekzod Murodqobilov bilan hamkorlikda kungaboqar yetishtirish va uning hosilini yig'ishtirib olishdagi muammolarni chuqur o'rganib, ustozimiz Metrologiya standartlashtirish va umummuhandislik fanlari kafedrasi dotsenti Abdurashid Egamov rahbarligida kungaboqar hosilini yig'ishtirib olishning o'ziga xos yangi usulini ishlab chiqdik. Hozir kungaboqar savatlarini o'rib olish moslamasi ustida ilmiy ish olib borayapmiz.

Biz yaratgan moslama oldinga harakatlanganda kungaboqar poyasi bo'lgich yordamida vintsimon pichoq hamda qarshi kesish pichog'i o'rtasidagi tirqishga yo'naltiriladi. Tirqishga tushgan kungaboqar poyasi vintsimon pichoq yordamida agregat harakati yo'nalishiga teskari yo'nalishda tirqish bo'ylab harakat qiladi. Agregat va poyaning tezligi farq qilganligi uchun poya oldinga egilib tortiladi. Pichoq tig'i yordamida harakatlanayotgan poya tortilib savat qobig'iga tegadi va ishqalanish kuchi ortadi. Natijada uning harakati cheklanganligi uchun pichoq poyani savatga yaqin joydan kesib oladi. Kesib olingan savatlar transportyorlar yordamida aravachalarga ortiladi va quritish uchun xirmonga jo'natiladi.

Bunday moslamalarning ichida ko'rsatkichlari yaxshi bo'lishi ko'zda tutilgan vintsimon pichoqli kesish moslamasining o'lchamlarini asoslash uchun tanlab olindi. Taklif etilayotgan texnologiya bo'yicha savatlari o'rib olingan dalalarda qolgan poyalar mavjud texnika yordamida yig'ib  olinib, undan silos tayyorlash mumkin. Mazkur ilmiy-izlanishlar natijasida kungaboqarni yig'ib olish jarayoni to'liq mexanizatsiyalashtiriladi. Buning uchun yuqorida keltirilgan moslamaning asosiy o'lchamlari kelgusi yillarda ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazish bilan asoslanadi.

Nodir NORBEKOV,
Sanoat texnologiyasi va
qurilish fakultetining
3-bosqich talabasi.

O'qildi: 603 | Reyting: 5.5 | Izohlar: 0


OO'Y reyting