UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ta'lim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

Muqobil energiya: arzon va qulay.

2013-09-11 / 15:20

Iqtidorli talaba mulohazasi.

Muqobil energiya: arzon va qulay.

Energetikaning hayotimizda tutgan o'rnidan kelib chiqib "Energiya dunyoni boshqaradi" degan so'zlarning to'g'riligiga guvoh bo'lamiz. Qayta tiklanmaydigan energiya resurslarining "Oxiri ko'rinib" qolayotgangan bir paytda qayta tiklanadigan energiya resurslaridan foydalanish zarurati oshib bormoqda.

Ekspertlarning baholashicha yangi asrning birinchi choragi oxirlarida qayta tiklanadigan energiya resurslaridan olinayotgan elektr energiyasi umumiy ishlab chiqariladigan elektr energiyasining 30 foiziga teng bo'ladi.
 
Malumki daryolar, anhorlar suvlarining potensial energiyasi, shamol energiyasi quyosh nurlarining energiyasi kabi bir necha energiya turlari qayta tiklanadigan energiya resurslari hisoblanadi. Bu energiya resurslarining qaysi biridan foydalanish biz uchun samarali va qulay degan haqli savol tug'iladi. Tarixga bir nazar tashlasak tog'li hududlarda yashovchi aholi suv tegirmonlari va charxpalakdan foydalanishgan. Demak, suv resurslaridan  foydalanishda bizda tajriba yetarli.

Jizzax viloyatida umumiy istemol qilinadigan elektr energiyasining 20 foizi tog'li hududlarga to'g'ri keladi. Tog'li hududlarimizda qayta tiklanadigan energiya resurslari sifatida mavjud daryolar, anhorlar, soylar va buloqlarni ko'z oldimizga keltirishimiz kifoya. Chunki, bu kabi resurslarga mikro GESlar o'rnatish va toza elektr energiyasi olish mumkin. To'g'ri, bunday mikro GESlar energetika tizimi uchun katta quvvat bermasligi mumkin. Lekin shu yo'l bilan quyidagi masalalarda ijobiy natijalarga erishilishi shubhasiz:

  • Aholi turmush darajasini oshirish ;
  • Neft va gaz mahsulotlarini tejab qolish;
  • Arzon elektr energiyasi olish;
  • Elektr ta'minoti uzluksizligini ta'minlash;
  • Yangi ish o'rinlarini tashkil qilish;
  • Kichik biznesni rivojlantirish;


Mikro GESni bir yoki bir nechta xo'jalik foydalanadigan qilib qurish mumkin.

Mikro GESlarni loyihalashda quyidagilarga e'tibor berish kerak:

  • Suv oqimining o'zgarishi ;
  • Bosim hosil qilishni rejalashtirish;
  • Sel va toshqinlarni xisobga olish;
  • Turbinaning sodda  variantini tanlash;
  • Generatorlarning ko'p tarqalgan turlaridan foydalanish;


Quvvati 0.3 kVt bo'lgan mikro GESni qurish uchun taxminan 1000000 so'm mablag' talab qilinadi. Mikro GESlarning hamma qismlarini mahalliy hom ashyodan yasash mumkin.  Mikro GESlar 1-2 yil ichida o'z xarajatlarini to'liq qoplaydi.

Bu so'zlarning ne'chog'li hayotiyligini institutimiz hududidan oqib o'tuvchi kanalga  "Elektroenergetika" kafedrasi o'qituvchilari va talabalari tomonidan hamkorlikda o'rnatilgan mikro GES qurilmasi  misolida ko'rsa bo'ladi. Hozir bu qurilmadan talabalar uchun  ko'rgazmali qirol sifatida foydalanib kelinmoqda. Endi biz Mikro GES larning foydali ish koeffitsiyentini oshirish  ustida ilmiy ish olib bormoqdamiz. 

Isroil  HAMDAMOV,
Elektr  energetikasi  yo'nalishining
4- bosqich talabasi.

O'qildi: 776 | Reyting: 8.43 | Izohlar: 0


OO'Y reyting