UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Davlat dasturlari

"Mustahkam oila yili" davlat dasturi bo'yicha chora - tadbirlar rejasi

2012-09-11 / 16:11

Jizzax politexnika institutning 2012 yil – "Mustahkam oila yili" davlat dasturi bo'yicha

CHORA-TADBIRLAR REJASI

в„– Amalga oshiriladigan tadbirlar mazmuni Bajarish muddati Taqdim etiladigan hujjat formasi, amalga oshirish mexanizmi va kutiladigan natija
1 2 3 4
I. Bugungi va ertangi kun talablarini hisobga olgan holda qonunchilik va normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, amaldagi qonun hujjatlariga, oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan zarur o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, yangi qonunlar, qoida va normalarni ishlab chiqish, bu masalaga jamiyatimiz e'tiborini yanada kuchaytirish.
1 (1) Bugungi kun talablaridan kelib chiqib oila institutini rivojlantirish va takomillashtirishga qaratilgan "O'zbekiston Respublikasining "Oila kodeksiga o'zgartirishlar va qo'shimchalarkiritish to'g'risidagi" O'zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasiga takliflar berish. 2012 yil
2-chorak
Viloyatning hududiy urf-odatlaridan, xalqaro tajribalaridan kelib chiqib O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi "Oila kodeksi"ga, farzandlikka olish mexanizmini takomillashtirishga , qizlar uchun nikoh yoshini ko'tarish bo'yicha takliflar berish
II. Yosh oilalarga e'tibor va g'amxo'rlikni kuchaytirish , ularni huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta'minlash, moddiy va ma'naviy jihatdan keng qo'llab-quvvatlash, shu jumladan qulay va shinam uy – joy bilan ta'minlash, zaruriy imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berish masalalari bo'yicha Davlat dasturiga kiritish uchun takliflar.
2 (2) Institut talabalarini oila hayotiga tayyorlash maqsadida "Siz oilangiz uchun mas'ulsiz", "Yosh oilada o'zaro munosabatlar madaniyati" mavzularida chop etilgan bukletlar, maqolalar va broshyuralarga bo'lgan ehtiyojni aniqlash va uni tarqatish. Yil davomida Yosh avlodni oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, yoshlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash.
3 (3) Quyidagi:
"Yoshlar bandligi";
"Oilaviy to'ylar va marosimlar";
"Oila yoshlar nigohida" mavzularida sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish.
2012 yil 3-choragi Tadqiqotlar natijasi bo'yicha tahliliy qaydlar. Yoshlar bandligini ta'minlash, oila institutini mustahkamlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III . "Sog'lom ona –sog'lom farzand" tamoyiliga muvofiq oila salomatligini , onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish.
4(4) Quyidagilarni tashkillashtirish: Institutning talabalarini sifatli tibbiy krikdan o'tkazish, Institutda joylashgan tibbiyot kabinetlarining ish samaradorligini oshirish, ularning dori –darmonlar bilan ta'minlanishini yanada yaxshilash , sog'lom turmush tarzini targ'ib etuvchi turli nashrlarni chop etish; Viloyatning chegara hududlari hamda Arnasoy, Do'stlik va Zafarobod tumanlarida yashaydigan aholiga tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish va sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida "Salomatlik" brigadalarini tashkil etish. 2012 yilning 2-4 choragi Ijrochilar qarorlari , tadbirlar qo'shma dasturini tasdiqlash. Talabalar orasida kasalliklarning oldini olish va ularning salomatligini yaxshilash, aholi orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish. Chekka va chegara hududlarida yashovchilarga malakali tibbiy xizmat ko'rsatish.
5 Oilada tibbiy madaniyat darajasini yanada oshirish va sog'lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish maqsadida:
Milliy mustaqillik g'oyasi va mafkurasi, mamlakat tarixi mavzulariga bag'ishlangan veb-resurslardan foydalanishni yanada kengaytirish;
"Ziyonet" tarmog'ini barcha ta'lim muassasalarida ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Yil davomida Ijrochilar qarorlari. Aholining, ayniqsa yoshlarning sog'lom turmush tarzi va sog'lom oilani shakllantirish, atrof-muhitning inson bo'lishlari uchun keng yo'l ochib berish.
VI. Jamiyatimizning ma'naviy negizlarini yanada rivojlantirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma'naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo'lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta'sirlarga qarshi turishda oilaning o'rni va ahamiyatini oshirish.
6 "Ziyonet" tarmog'ining imkoniyatlar va axborot resurslaridan oliy o'quv yurtlar, litseylar, kollejlar, maktablarda foydalanishni yanada kengaytirish chora-tadbirlarini quyidagi yo'llar bilan amalga oshirish:
Milliy mustaqillik g'oyasi va mafkurasi, mamlakat tarixi mavzulariga bag'ishlangan veb-resurslardan foydalanishni yanada kengaytirish;
"Ziyonet" tarmog'i barcha ta'lim muassasalarida ishlashi uchun zarur sharoitlarni yaratish.
Yil davomida Talabalar institutning axborot resurslaridan unumli foydalanishlari, o'quv va tadqiqot materiallarini o'rganishlari, mamlakatimizning boy tarixiy – madaniy merosidan yaxshi boxabar bo'lishlari uchun keng yo'l ochib berish.
7 Ommaviy axborot vositalarida "Yoshlar hayoti: sog'lom turmush tarzi va ma'naviy barkamollik" yo'nalishida turkum maqolalar berib borish, teleko'rsatuv va radioeshittirishlarda faol ishtirok etish. Yil davomida Yoshlarning sportga bo'lgan qiziqishini yanada ortadi, sog'lom turmush tarzi shakllanishiga xizmat qiladi.
V. Jismonan sog'lom, ma'naviy yetuk va har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashda oilaning rolini kuchaytirish va shu maqsadda oila institutining ta'lim hamda tarbiya muassasalari bilan o'zaro amaliy hamjihatligi mexanizmini mustahkamlash, ularning yaqin va samarali hamkorligini ta'minlash.
8 Notinch oilalar bolalariga ta'lim –tarbiya berish jarayonida institut hamda mahalla o'rtasidagi o'zaro hamkorliknikuchaytirish maqsadida:
Notinch oilalar farzanlarining darslarga qatnashi va bilimlarni o'zlashtirishining muntazam monitoringini olib borish;
Notinch oilalar farzandlarini o'quv jarayoniga faol ravishda jalb etish, zarur hollarda ular uchun qo'shimcha mashg'ulotlarni, sport va bolalar ijodi bilan shug'ullanishlarni tashkil etish;
Notinch oilalarga bolalarni tarbiyalashda o'quv-metodik va ijtimoiy ko'makni ta'minlashda yaqindan yordam berish uchun mahalla faollari biriktirish.
2012 yil 1 aprel biriktirish, amalga oshirish yil davomida Ijrochilarning qo'shma qarori. Notinch oilalar farzandalariga ta'lim-tarbiya berish jarayoninni yaxshilash bo'yicha ishlarni kuchaytirish.
9 Oilalarning institut bilan tarbiyaviy maqsadlarda amaliy hamkorligini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish:
"Barkamol avlodni tarbiyalashda oila va ta'lim muassasasi hamkorligi" mavzusidagi uchrashuvlarni tashkil etish;
Notinch oilalarga maktab va kollej o'qituvchilarini biriktirgan holda "Bir ziyoli – o'n oilaga ma'naviy homiy" loyihasini amalga oshirish.
Yil davomida Ijrochilar tomonidan tadbirlarni o'tkazish jadvalini tasdiqlash.
Barkamol avlodni tarbiyalashda oila bilan ta'lim muassasalarining yaqin va amaliy hamkorligini kuchaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
10 Institut kutubxona fondlarini 381 nomdagi 36776 ta o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlash; Yil davomida Institutni belgilangan standartlar hamda zamonaviy talablarga javob beradigan yangi avlod darsliklari va o'quv qo'llanmalari bilan ta'minlash
11 "Elektron ta'lim" loyihasi doirasida 2012-2015 yillarda institut kutubxona fondini elektron shaklga o'tkazish dasturini ishlab chiqish yuzasidan takliflar berish. 2012 yil mart Institutning elektron kutubxonasini yaratish va rivojlantirish, talabalarni axborot bilan ta'minlash va o'qitishning yangi shakllarini tatbiq etish.
VI. "Mustahkam oila yili" Davlat dasturi maqsad va vazifalari hamda uni amalga oshirishning borishi to'g'risida keng axborot – tushintirish ishlarini tashkil etish.
12 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 19 yilligiga bag'ishlangan tantanali yig'ilishdagi ma'ruzasini o'z ichiga olgan "Mustahkam oila yili" broshyurasini viloyatdagi barcha ta'lim muassasalari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlariga yetkazilishini ta'minlash 2012 yil 1 choragi "Mustahkam oila yili" Davlat dasturi mohiyati va mazmunini ochib beruvchi broshyurani aholi o'rtasida tarqatish.
13 Viloyatdagi ommaviy axborot vositalarida "Mustahkam oila yili" Davlat dasturining mazmun – mohiyati keng targ'ib qilish, unda belgilangan vazifalarning bajarilishiga qaratilgan "2012 yil -Mustahkam oila yili" teledastur va maqolalar orqali "Mustahkam oila" , "Mening oilam", "Oila-jamiyat tayanchi", "Ostonadan boshlanar Vatan", "yagona oilada", "Shaxs va jamiyat" ko'rsatuv, eshittirishlari va maqolalar berib borish Yil davomida Mamlakatimizda fuqarolarning tinch totuv yashab ijod qilayotganlari, bunyodkorlik ishlari, muhtoj oilalarning muammolarini hal etishdadavlat va jamiyatning faol ishtirokini ochib berish, komil inson tarbiyasini targ'ib qilish, yosh oilalarni moddiy va ma'naviy jihatdan keng qo'llab-quvvatlash borasida mahalliy hokimliklar va jamoat tashkilotlarining ishtirokini keng yoritish
14 "Mustahkam oila –mustahkam jamiyat poydevori", O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 20 yilligiga bag'ishlangan "Baxtimiz qomusi" mavzusida tayyorlangan plakatlar majmuini institutga yetkazilishini ta'minlash 2012 yil 1-3 choragi Sog'lom turmush tarzini , ko'p asrlik oilaviy qadriyatlar va an'analarni , mamlakat hayotida Konstitutsiyaning roli va ahamiyatini , fuqarolik jamiyatini rivojlantirishni targ'ib qiladigan plakatlar majmuini tayyorlash va chop etish
15 Institutda "Men va mening mustahkam oilam", "Oila-muqaddas dargoh" namunali oilalar tanlovlari qizlar o'rtasida eng yaxshi maqom, alla va xalq qo'shiqlari ijrochisini aniqlashga qaratilagn "Onalar kuylaganda" ko'rik tanlovlarini tashkil etish va ommaviy axborot vositalarida yoritilishini ta'minlash Yil davomida Ko'rik tanlovlarning Nizomi va baholash mezonlari tasdiqlanadi. Tadbirlarni hududlarda bosqichma-bosqich o'tkazish bo'yicha reja-jadval ishlab chiqiladi. Yoshlar o'rtasida mustahkam oiladagi namunali tarbiya muhitini targ'ib qilish.

Ma'naviyat va ma'rifat ishlari prorektori: N. Alimov

O'qildi: 908 | Reyting: 8.5 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting