UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Ma'lumotlar

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomga kiritiladigan o'zgartirishlar

2012-07-19 / 20:46
Vazirlar Mahkamasining
2012 yil "11" iyuldagi
205-son qaroriga
2-ilova

 

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 iyundagi 118-son qarori bilan tasdiqlangan
Oliy ta'lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi to'g'risidagi Nizomga
kiritiladigan o'zgartirishlar

 

1.    Nizomning 5-bandi ikkinchi xat boshidagi "umumiy o'rta, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasasini faqat ko'rsatilgan tillarda tugatgan" so'zlari "ko'rsatilgan tillarda o'rta ta'lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki ko'rsatilgan tillarda umumiy o'rta ta'lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo'lgan" so'zlari bilan almashtirilsin.

2.    Nizomning 12-bandi to'rtinchi xat boshidagi "chet tilidan qaysi fandan" so'zlari " qaysi chet tilidan" so'zlari bilan almashtirilsin.

3.    Nizomning 16-bandi yigirma oltinchi xat boshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Test sinovlari o'tkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, lugat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan bo'lsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, abituriyent test sinovlarini o'tkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi".

4.    Nizomning 19-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"19. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o'tab bo'lgan fuqarolarni respublika oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.".

5.    Nizomning "Oliy ta'lim muassasalarida yagona ko'p balli baholash tizimi bo'yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o'tkazish tartibi" 6-bandining birinchi xat boshidagi "(tegishli ravishda 75,6 ball yoki 39,6 ball)" so'zlari chiqarib tashlansin.

6.    Nizomning "Oliy ta'lim muassasalariga ko'zi ojiz abituriyentlarni qabul qilish tartibi" 1-bandidagi "attestatiga" so'zi "attestati, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan ko'zi ojizlar uchun berilgan diplom, o'rta ta'lim (11-sinf bazasida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega bo'lgan ko'zi bo'yicha 1-guruh nogironligi to'grisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma'lumotnomasiga" so'zlari bilan almashtirilsin.

 

O'qildi: 865 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting