UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"INNOVATSION G'OYALAR, TEXNOLOGIYALAR VA LOYIHALARNI ISHLAB CHIQARISHGA TADBIQ ETISH MUAMMOLARI" MAVZUSIDAGI ILMIY-TEXNIK ANJUMANI

2012-03-15 / 17:50

Jizzax politexnika institutida 2012 yilning 11-12 may kunlari Respublika miqiyosidagi "Innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish muammolari" mavzusidagi ilmiy-texnik anjumani o'tkaziladi.

Ilmiy-texnik anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

-    Avtotransport vositalarini ishlatish, servis, yo'l harakat xavfsizligini ta'minlash muammolari;

-    Sanoat mahsulotlari sifatini oshirishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga tadbiq etish masalalari;

-    Avtotransport va qurilish inshootlarida yangi texnika va texnologiyalarni joriy qilishning texnologik va iqtisodiy muammolari;

-    Zamonaviy texnika va texnologiyalarni ishlab chiqarish korxonalari, servis sohalari tizimida tadbiq etishdagi ekologik muammolar;

-    Qishloq va suv xo'jaligi ishlarini mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va avtomatlashtirish muammolari;

-    Yer-suv resurslaridan samarali foydalanish, yerlarni meliorativ holatini yaxshilash, atrof-muhit muhofazasi, ekologik xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etishda innovatsion texnologiyalarni o'rni;

-    Yuksak malakali kadrlar tayyorlashda ta'lim, fan va ishlab chiqarishning aloqadorligi: tajriba, muammo va yechimlar;

-    Innovatsion faoliyatni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada kengaytirishning muhim omillari;

Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga quyiladigan talablar

-    Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki konfe-jizpi@inbox.uz elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.

-    Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3 bet hajmdan kam bo'lmasligi, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib, Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 

-    Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

-     Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

-    Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda  matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjuman ishida ishtrok etish shartlari:

-    anjumanda ishtirok etish uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2012 yil 15 aprelgacha;

-    badal puli (To'lov – har bir sahifasi uchun 7000 so'm) to'laganligi haqidagi hujjat.

Badal puli to'lash uchun hisob raqami:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gaznachiligi
x/r: 23402000300100001010    INN: 201122919
MFO: 00014
JizPI
Sh/xv 400110860084017950100079001    INN:201672757

Tashkiliy qo'mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-01, Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax politexnika instituti.

Tashkiliy qo'mita
O'qildi: 786 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting