UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Konferensiya

"AYOL - MA'NAVNYAT GULSHANI" MAVZUSIDAGI ILMIY-AMALIY ANJUMANI

2012-03-15 / 17:36

Jizzax politexnika institutida 2012 yilning 12-13 aprel kunlari Respublika miqyosidagi  "Ayol - ma'navnyat gulshani" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjumani o'tkaziladi.

Konferensiyani o'tkazishda Respublikada mavjud Oliy o'quv yurtlari olimlari, Xotin-qizlar qo'mitasi boshlang'ich tashkiloti raislari va viloyat, shaharlar xotin-qizlar qo'mitalari xodimlari, nodavlat tashkilotlar xodimlari, mutaxassislar, stajyor- tadqiqotchi-izlanuvchi va magistrlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan:

  • “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” tamoyilini amalga oshirishda xotin-qizlarning roli;
  • Talaba qizlarni milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma'naviyat asosida voyaga yetkazishning dolzarbligini inobatga olib, ta'lim-tarbiya muhiti va undagi ma'naviyatni barqarorlashtirishda  xotin-qizlar qo'mitasining roli;
  • Yosh avlodni tarbiyalashda, begona g'oyalar, zararli oqimlar va odam savdosi muammolaridan asrashda xotin-qizlar qo'mitasining roli;
  • Ayollar sportini rivojlantirishda xotin-qizlar qo'mitasining roli;
  • Inson va jamiyat, shaxs va oilaning o'zaro munosabatlari, ularni uyg'unlashtirishda uchraydigan muammolar;


Maqola, tezis materiallari o'zbek, rus tillarida taqdim etilishi mumkin. Anjuman materiallari to'plam holida chop etiladi. Anjuman tashkiliy qo'mitasi maqola, tezislarni saralashni o'z zimmasiga oladi. Ko'rsatilgan muddatdan kechikib taqdim etilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan maqola, tezislar chop qilinmaydi hamda muallifga qaytarilmaydi.

Anjuman materiallarini rasmiylashtirishga qo'yiladigan talablar

- Maqola, tezis matnlari elektron nusxada taqdim etilishi yoki xotin-qizlar@rambler.ru elektron pochta manziliga jo'natilishi talab etiladi.

- Anjumanda ishtirok etish uchun maqola, tezis matnlari 3 bet hajmdan kam bo'lmasligi, A-4 kattalikdagi qog'ozda, 14 kegel kattaligida, 1,5 intervalda, yuqoridan, pastdan, chapdan, o'ngdan 2,5 sm joy qoldirib,
Times New Roman shriftida rasmiylashtirilishi lozim. 

- Maqola, tezisning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Ikkita bo'sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi va bir qatordan keyin ilmiy darajasi, tashkilot nomi ko'rsatiladi. Ikkita bo'sh joy qoldirilib, navbatdagi qatordan maqola, tezis matni yoziladi. Matn oxirida bir qator bo'sh joy qoldirilib, foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati kiritiladi. Bibliografik to'liq holda keltirilishi lozim (familiya, nomi, nashr joyi, nashriyot, betlari). Manbalarga havolalar ko'rsatilishi lozim. Matnda ko'rsatilgan faktlarning to'g'riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

- Fayl nomi avtor familiyasi bilan nomlanishi lozim. Matn ostiga chizish, bosh harflar bilan yozish va bo'sh joylar qoldirish ta'qiqlanadi.

- Rasm va grafiklarni rasmiylashtirishda  matn ichida (Vnutri teksta) Microsoft Office standart programmalarini qo'llash tavsiya etiladi.

Anjuman ishida ishtrok etish shartlari:

- anjumanda ishtirok etish uchun sho'ba nomi ko'rsatilgan holda maqola, tezis matnini yuborish muddati 2012 yil 20 martgacha;

- badal puli (To'lov – har bir sahifasi uchun 7000 so'm) to'laganligi haqidagi hujjat.

Badal puli to'lash uchun hisob raqami:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona G'azna hisob varag'i
x/r: 23402000300100001010    INN: 201122919
MFO: 00014
JizPI Sh/xv 400110860084017950100079001
INN: 201672757 OKONX: 92110

Tashkiliy qo'mita manzili: 130100, Jizzax shahri, Xalqlar Do'stligi shoh ko'chasi, 4 uy. Tel.: (+99872)226-57-17, Faks: (+99872)226-45-47, Jizzax politexnika instituti.

Tashkiliy qo'mita

O'qildi: 694 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting