UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Innovatsion faoliyat

Innovatsion faoliyat

2011-11-11 / 17:41

Institutda innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish maqsadida 2010 yilning 11 mayida Innovatsion markaz tashkil etilgan. Institutdagi mutaxassis tayyorlovchi kafedralarning 9  tasida Innovatsion guruhlar tashkil etilgan. Mutaxasis chiqaruvchi kafedralar Respublika miqyosida hamda viloyatimizdagi ishlab chiqarish korxonalari,  tashkilotlar va xususiy korxonalar, kasb-xunar kollejlari bilan shartnomalar imzolagan hamda hamkorlik aloqalarini o'rnatgan.

Institutda yaratilayotgan innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish tizimini takomillashtirish haqida belgilab olingan chora va tadbirlarni amalga oshirish borasida ma'lum yutuqlarga erishildi. Belgilangan vazifalarni o'z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta'minlash yo'lga qo'yilgan. Har yili o'tkaziladigan innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida institutning faol ishtirokini ta'minlash chora va tadbirlari ishlab chiqilgan. Jumladan, 2010 yilda 4 ta ilmiy loyiha yarmarkada namoyish etilgan bo'lsa,  2011 yilga 15 ta loyiha taqdim etilib, ular dastlabki ekspertizadan o'tkazildi.

Tegishli ishlab chiqarish korxonalari bilan yaqindan hamkorlikni kuchaytirish asosida hudud va sohalar muammolari banki shakllantirildi va muassasa ilmiy-tadqiqot faoliyatini mazkur muammolar yechimlariga  yo'naltirish orqali ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar buyurtmalariga ko'ra olib borilayotgan tadqiqotlar ko'lami oshirildi.

Institut professor-o'qituvchilari va iqtidorli talabalari tadqiqot ishlarini olib borishda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va boshqa tashkilotlar bilan keng qamrovli aloqalardan foydalanishmoqda. Jumladan ”O'zavtoyo'l” va “O'zbekiston temir yo'llari” Davlat Aksionerlik Kompaniyalari, “O'zog'irsanoat” ilmiy tekshirish instituti hamda O'zbekiston qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrlashtirish ilmiy tekshirish institutlari shular jumlasidandir.

O'qildi: 856 | Reyting: 10 | Izohlar: 0


OO'Y reyting