UZ | RU | EN    

1 2
 
«May 2018»
DuSeChPaJuShYa
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Stipendiyalar

Stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risida

2011-11-08 / 15:37
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYA VAZIRLIGI TOMONIDAN
RO'YXATGA OLINGAN
13.02.2008 y.
N 1339-2
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS
TA'LIM VAZIRLIGINING
22.01.2008 y.
N 13   
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MOLIYa VAZIRLIGINING
22.01.2008 y.
N 13

 QARORI

Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar
tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi Yo'riqnomaga
qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish xaqida
(2008 yil 23 fevraldan kuchga kiradi)

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 12 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2008 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari va parametrlari to'g'risida"gi PQ-744-sonli qarori ijrosini ta'minlash xamda talabalarga stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibini takomillashtirish xamda to'lov-kontrakt shaklida ta'lim olayotgan talabalarning yuqori reyting ko'rsatkichlari bo'yicha o'qishga qiziqishlarini oshirish maqsadida QAROR QILAMIZ:

1. 2004 yil 10 martdagi 2-P va 43-sonli O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan (2004 yil 16 aprelСЊ, ro'yxat raqami 1339 - O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami, 2004 yil, 15-son, 184-modda; 2005 yil, 34-36-son, 266-modda) Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to'lash tartibi to'g'risidagi yo'riqnomaga ilovaga muvofiq o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab o'n kun o'tgandan keyin kuchga kiradi.

Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri:                                             A. Parpiyev

Moliya vaziri:                                                                                      R. Azimov

 

O'zR OO'MTV va MVning

2008 yil 22 yanvardagi
13, 3-son qaroriga
ILOVA


Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash
va to'lash tartibi to'g'risidagi Yo'riqnomaga kiritilayotgan
O'ZGARTIRISh VA QO'ShIMChALAR

1. 16-band "rektori" so'zidan keyin "(uning vazifasini bajaruvchi shaxs)" so'zlari bilan to'ldirilsin.

2. 17-banddagi:
ikkinchi xatboshi quyidagi taxrirda bayon etilsin:
"Pullik-kontrakt asosida o'qitishning o'quv yili uchun qiymatiga kiritilgan xar oyda to'lanadigan stipendiya summasi talabalar davomatining reyting ko'rsatkichlaridan qat'i nazar, qayta xisob-kitob qilinmaydi va qaytarilmaydi";
uchinchi-oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin.

3. Yo'riqnomaga ilova o'z kuchini yo'qotgan deb topilsin.

"O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami", 2008 yil, 6-7-son, 31-modda.
O'qildi: 1225 | Reyting: 6.83 | Izohlar: 0

* Ism va familya:
E-mail:
* Toliq ma'lumot:
* Xavfsizlik kodi:

OO'Y reyting