UZ | RU | EN    

1 2
 
«Noyabr 2017»
DuSeChPaJuShYa
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   
       










Axborot resurslari


Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Malaka oshirish

professor-o'qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish

2011-09-02 / 13:59
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI

Jizzax shahri                                                      "20" yanvar 2010 yil

Vazirlikning 2010 yil 5 yanvardagi "Oliy ta'lim
muassasalari professor-o'qituvchilarining 2010 yil
qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalarini
tasdiqlash to'g'risida"gi 4 sonli buyrug'i ijrosini
ta'minlash haqida
BUYRUQ №28-k

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasininng 2006 yil 16 fevraldagi "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to'g'risida"gi 25 sonli qarori bilan tasdiqlangan "Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo'yiladigan davlat talablari", Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining kasbiy malakasi, pedagogik mahorati, ilmiy salohiyati va ma'naviy kamolati darajasini bosqichma-bosqich uzluksiz oshirib borishni tashkil etish hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 5 yanvardagi "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining 2010 yil qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 4 sonli buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida

B U Y U R A M A N:
1. Institutda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2010 yil 5 yanvardagi "Oliy ta'lim muassasalari professor - o'qituvchilarining 2010 yil qayta tayyorlash va malakasini oshirish rejalarini tasdiqlash to'g'risida"gi 4 sonli buyrug'i  ijro uchun qabul qilinsin.

2. Institut professor-o'qituvchilarining 2010 yilgi malaka oshirish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin, pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash rejasi esa 1 kishidan iborat deb belgilansin.


3. O'quv ishlar prorektori M.Pozilov,  qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi direktori S.Ruziboyevga:

3.1. Professor-o'qituvchilar malakasini oshirish ishlarini tashkil etish, o'rnatilgan tartibda ularni malaka oshirish va  qayta tayyorlash ta'lim muassasalariga borish va kelish, yashash xarajatlarini qoplashni tashkil etish;

3.2. Bazaviy ma'lumoti, ilmiy daraja va unvoni dars berayotgan faniga mos kelmaydigan pedagoglarni kasbiy qayta tayyorlash hamda pedagogik ma'lumoti bo'lmagan mutaxassislarni pedagogik qayta tayyorlash kurslariga yo'llash vazifalari yuklatilsin.


4. Ushbu buyruq ijrosining nazoratini o'z zimmamda qoldiraman.

Rektor:                                                                        prof. I.SODIKOV
Loyihani taqdim etuvchi:                                                           M.Pozilov
Xuquqshunos:                                                                     D.Ergasheva
O'qildi: 858 | Reyting: 0 | Izohlar: 0


OO'Y reyting