UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"O’zbekistonda tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi


"O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi mudiri

falsafa  fanlari nomzodi, dotsent.  Qulmatov Primqul Meliqo`zievich

Qabul kunlari:  haftaning seshanba, juma  kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: +99891-568-64-67

E-mail: pqulmatov@umail.uz

  

"O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasi tarixi.

Har bir jamiyatning kelajagi uning  ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo'lgan ta'lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta'lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, unga ilg'or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta'lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta'lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi.  O'zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo'lidan borayotgan bir paytda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. "O'zbekiston tarixi va ijtimoiy fanlar" kafedrasida ijtimoiy-gumanitar fanlar bo'yicha o'quv- uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy – tadqiqot ishlari, shuningdek ilmiy va ilmiy – pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash hamda tashkiliy, ma'naviy – ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. 

Kafedra o'quv yuklamasi hajmi 18988 soatni tashkil etadi, bundan ma`ruza 2971 soatni tashkil etadi. O`quv yili uchun kafedra o`qituvchilarining shtat birligi 22,5 belgilandi. Qo`shimcha o`quv texnik xodimlar soni 1 kishi tasdiqlangan. Ularning 3 nafari fan nomzodlari va dotsentlar, 8 nafari katta o'qituvchi, 15 nafar assistentlardan iborat bo'lib, ilmiy salohiyat 2,5% ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda quyidagi tashkilotlar va kasb hunar kollejlari bilan hamkorlik aloqalari yo'lga qo'yilgan.

Samarqand davlat universiteti, Jizzax viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi,

viloyat “Mahalla” hayriya jamoat fondi, “Oila” ilmiy-amaliy markazi, “Yoshlar ittifoqi” viloyat bo'limi, Jizzax Davlat Pedagogika Instituti, O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi.

Innovatsion g'oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar tizimli olib borilmoqda. Jumladan, kafedra dotsenti J.Bobanazarova A-2-29 “Mehnat bozorining samarali rivojlanish istiqbollari” mavzusida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikdagi 106 million so'mga mo'ljallangan amaliy grant loyihasi bajarilmoqda.

BAKALAVRIAT YO'NALISHI:

Institut texnika yo'nalishiga ixtisoslashganligi sababli kafedrada bakalavriat yo'nalishi bo'yicha talabalar tayyorlanmaydi. 

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

 

  1. "O'zbekiston tarixi", 
  2. "Transport huquqi", 
  3. "Falsafa", 
  4. "Sotsiologiya", 
  5. "Ma'naviyat asoslari va dinshunoslik", 
  6. "Madaniyatshunoslik", 
  7. "Milliy g'oya", 
  8. "O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti"

 

KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI
  • Qulmatov P.- kafedra mudiri, dotsent, 
  • Bobanazarova J.X. –dotsent, 
  • Xakimov O.- dotsent, 
  • Jo'rayev J.- dotsent, 
  • Mamanazarov S.- katta o'qituvchi, 
  • Fayzullayeva K.- katta o'qituvchi, 
  • Ortiqov O.- katta o'qituvchi, 
  • Xolbekova M - katta o'qituvchi,  
  • Yodgorov Z.- katta o'qituvchi, 
  • Norbekov S.- katta o'qituvchi, 
  • Nosirov B.- katta o'qituvchi, 
  • Azamatova G.- assistent,  
  • Xidirov X.- assistent, 
  • Ruziyev A.- assistent,  
  • Ibaydullayev T.- assistent, 
  • Qarshiyev I.-assistent, 
  • Axmedov J.–assistent, 
  • Razzoqov Q.-assistent, 
  • Tajibayev M.-assistent, 
  • Tolliboev D, -assistent, 
  • Ropiev A. -assistent, 
  • Inatov U. -assistent, 
  • Xoliqulova X. -assistent, 
  • Achilov SH. –assistent.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR: 
  • Qishloq joylarida ayyollar bandligini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlari (Bobonazarova J).
  • O`zbekistonda imkoniyati cheklangan shaxslarni himoya qilish siyosati (1991-2017 y.y.) (Xoliqulova X).
  • O`zbekiston aholisi kundalik xayotida maishiy xizmat tizimining o`rni(1925-1991y.y.) (Nosirov B).
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR:
  1. O`quv-uslubiy qo`llanma 2.b.t. P.Qulmatov, A.Ro`ziev, X.Xidirov 2017 yil dekabr
  2. O`zDJQA, o`quv uslubiy ko`rsatma 2,5 b.t. O.Ortiqov, S.Norbekov, A.Ropiev 2017 yil dekabr
  3. O‘zbekiston tarixi, amaliy mashg‘ulotlar u-n uslubiy ko‘rsatma 2,5 b.t. Z. Yоdgorov, K. Fayzullaeva, G. Azamatova, 2017 yil noyabr
  4. Milliy g‘oya, amaliy mashg‘ulotlar u-n uslubiy qo‘llanma 2,5 b.t. A.Ro‘ziev, P. Qulmatov 2017 yil dekabr
  5. Milliy g‘oya, amaliy mashg‘ulotlar u-n uslubiy qo‘llanmar 2,5 b.t. S. Mamanazarov, D. Tolliboev 2017 yil noyabr
  6. Amaliy  mashg‘ulotlar u-n uslubiy qo‘llanma 2,5 b.t. M. Xolbekova 2017 yil dekabr
  7. O‘zDJQNA, o‘quv uslubiy ko‘rsatma 2,5b.t I. Qarshiev 2017 yil dekabr
  8. Falsafa, o‘quv uslubiy ko‘rsatma 2,5 b.t. Q. Razzoqov 2017 yil dekabr
KAFEDRA  PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI:
  1. Одам савдоси – дунё муаммоси Аёл – маънавият гулшани 7-Республика илмий-амалий конференсия материаллари. 243-245 бетлари Жиззах 2015 Қулматов П, Хидиров Х., Қаршиев И.
  2. Миллий истиқлол мафкураси, мақсадлар ва тарбиялар тизими. Иқтисодиёт тармоқлари ривожланишини таъминловчи фан, таълим хамда модернизациялашган энергия ва ресурс тежамкор технологиялар, техника воситалари, муаммолар, ечимлар, истиқболлар Жиззах 2015 Қулматов П, Маманазаров С, Мелиқўзиев М.
  3. Экологик хавфсизликни таъминлаш бурчимиз Иқтисодиёт тармоқлари ривожланишини таъминловчи фан, таълим хамда модернизациялашган энергия ва ресурс тежамкор технологиялар, техника воситалари, муаммолар, ечимлар, истиқболлар 185- 187  бетлар Жиззах 2015 Қулматов П, Маманазаров С, Ропиев А
  4. Қишлоқ жойларида хотин-қизлар учун янги иш жойларини ташкил этишни такомиллаштириш Бизнес – эксперт // Тошкент Бобоназарова Ж
  5. Духовная просвещенность руководителя: проблемы и их решения. "Молодой учёный" международный научный журнал Россия. 7.2., 2016 год. Хидоятов Равшан Хидоятович Исакобилов Ражаб Рахмонкулович  
  6. Таълим турларини танлашда касбий йўналганлиги ўртасидаги боғлиқлик муносабатлари.
  7. “Аёл – маънавият гулшани” мавзусидаги // VIII – Республика илмий – амалий анжуман материаллари 1-қисм Жиззах: ЖизПИ, 2016 йил, 12-13 май, Хакимов О, Исоқобилов Ражаб Рахмонқулович
  8. Олий таълим тизимида бюджет ва контракт шаклларини қўллаш самарадорлиги омиллари. “Аёл – маънавият гулшани” мавзусидаги // VIII– Республика илмий – амалий анжуман материаллари  1-қисм, Жиззах: ЖизПИ,  2016 йил, 12-13 май, Хакимов О, Журабоев Фарход Ортиқович 

OO'Y reyting facebook.com Telegram