UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Muxandislik kommunikatsiyalari" kafedrasi

"Muhandislik kommunikatsiyalari" kafedrasi mudiri

Toshmatov Norpo‘lat Umarovich

E-mail: dgpi_info@edu.uz

tel:. +998915951955

Qabul kunlari: Har kuni 14.00-16.00.

 

"Muxandislik kommunikatsiyalari" kafedrasi

“Suv ta'minoti va kanalizatsiya” “Issiqlik, gaz ta'minoti va shamollatish” mutaxassisliklari 1980 yilda dastlab qabul qilinib, “Qurilish konstruksiyasi” kafedrasi (mudirlar dots. E. Abdullaev, dots. A. G‘aniev) tarkibida o‘qitish tashkil etildi. Bu davrda shu mutaxassisliklar bo‘yicha T.Muqimov, U. Xolboev, N. Toshmatov, K. Takaboevlar mutaxassis o‘qituvchilar sifatida faoliyat ko‘rsatadilar.

1985 yilda birinchi marta  bu mutaxassisliklar bo‘yicha talabalar bitirib chiqishdi.

1983-1985 yillarda kafedra ikkiga bo‘linib “Sanoat va fuqaro qurilishi arxitektoriyasi” mudir (dots. A.G‘aniev) xamda “Qurilish fanlari” kafedralariga (kafedra mudiri A. Ikromov) o‘zgartirildi.

1985-1988 yillarda shu mutaxassisliklar bo‘yicha “Qurilish mashinalari” va “Umum muxandislik fanlari” (mudir dots. M.Soatov) kafedralari qoshida o‘qitildi. 1988-1991 yillarda “Qurilish buyumlari kafedrasi” (mudir dots. A. Salimov) qoshida “Suv ta'minoti va kanalizatsiya” mutaxassisligi tayyorlandi.

1992 yildan boshlab “Suv ta'minoti va kanalizatsiya” (mudir katta o‘qituvchi K.Takaboev) xamda “Issiqlik texnikasi va gidravlika” (mudir dots. U. Xolboev) kafedralari tashkil etildi. 

1995 yilda kafedralar birlashtirilib, “Suv ta'minoti va issiqlik texnikasi” nomi bilan ataldi (mudir professor R. Eshonqulov)

1996 yildan boshlab kafedra nomi “Suv, gaz issiqlik ta'minoti va atrof muhitni muhofaza qilish” deb o‘zgartirildi.

2000 yildan boshlab kafedra nomi “Mehnat va atrof muhitni muhofazasi” deb nomlandi va mudir etib dots. U.Xolboev tayinlandi.

2001 o‘quv yildan boshlab “Mehnat va atrof muhit muhofazasi” kafedrasi qoshida “Muhandislik komunikatsiya qurilishi” va “Ekologiya va tabiatdan foydalanish” mutaxassisliklariga talabalar kabul kilinish boshlandi.  

2012 yildan boshlab kafedra nomi “Muhandislik kommunikatsiyalari” deb o‘zgartirildi. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2002 yil “Texnogen ob'ektlari ta'sirida Mirzachul mintaqasida tabiiy suv aylanish jarayonining buzilishi oqibatlari va uning er osti suv resurslaridan okilona foydalanish sistemasining o‘zgarishiga ta'sirini aniklash” mavzusi asosida 5 mln. so‘mlik davlat granti yutib olindi va bu ish 2008 yilga kadar davom etdi.

Xozirda kafedrada 1 professor, 3 dotsent, 7 katta o‘qituvchi, 6 assistent, faoliyat ko‘rsatmoqda

BAKALAVRIAT YO'NALISHI: 

 

  • 5340400 – MUXANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI QURILISHI VA MONTAJI

 

5340400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) – fan va texnika jabhasidagi ta'lim yo‘nalishi bo‘lib, u o‘z ichiga sanoat, fuqaro va boshqa ob'ektlarni issiqlik va gaz ta'minoti, ventilyasiya, suv ta'minoti, kanalizatsiya tizimlarini loyihalash, qurish va montaj qilish hamda ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash, havo xavzalarini va suv resurslaridan oqilona foydalanish, shuningdek gaz-neft omborlari va gaz-neft o‘tkazar quvurlarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan inson faoliyati, usullari, yo‘llari, ularga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta'mirlashning samarali jarayonlarini ta'minlashga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.

Bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

 

  • Loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash, metodlarini tadqiqot qilish;
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlaridagi ishchi jarayonlarni o‘zlashtirish va  tadqiqot qilish;
  • Loyihalash jarayonlarini tahlil qilish, sintezlash va optimallashtirish, mahsulot sifatini ta'minlash va sertifikatsiya (shu jumlada xalqaro) metodlarini qo‘llash;
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlarida kechadigan ishchi jarayonlari bo‘yicha matematik modellarini qo‘llash;
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlari muhandislik hisoblari, algoritmlari va matematik ta'minotini ishlab chiqish;
  • Kompyuter texnologiyalari va dasturlanishi;
  • Muhandislik kommunikatsiya tizimlari va jihozlariga texnik xizmat ko‘rsatish, almashuvi va ta'mirlash strategiyasini belgilash va qo‘llash;
  • Texnik ekspluatatsiyasi va prinsiplarini tuzish xamda loyixalash;
  • Bilimlar injeneriyasi;
  • Tizimli yondoshuv mexanizmlarini tadbiq etish;
  • Dasturiy ta'minot, axborot-kommunikatsiya texnologiyasi va injeneriyasi;
  • Kasbiy ta'lim didaktikasi;
  • Kasbiy ta'lim pedagogikasi va tashxis texnologiyasi;
  • O‘qitishning didaktik vositalari;
  • Ta'limning elektron vositalari;

 

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR: 

Bakalavriat:

 

  • Termodinamika asoslari.
  • Gidravlika va gidro pnevmoyuritmalar.
  • Issiklik texnikasi.
  • Suyuqlik va gaz mexanikasi.
  • Nasoslar va havo uzatish stansiyalari.
  • Suv ta'minoti, oqava suvlarni oqizish tizimlarini ishini tashkil etish va ulardan foydalanish.
  • Suv ta'minoti.
  • Gidravlika va issiqlik texnikasi.
  • Muxandislik tarmoqlari va jixozlari .
  • Issiqlik texnikasi va issiqlik texnik uskunalari.
  • Nasoslar, ventilyatorlar va kompressorlar.
  • Gaz ta'minoti tizimlari.
  • Suv olish va tozalash inshootlari.
  • Oqava suvlarni tozalash texnologiyasi.
  • Muxandislik tarmoqlari va jixozlari .
  • Ventilyasiyalash va xavoni konditsiyalash tizimlari. 
  • Oqava suvlarni oqizish tizimi.
  • Sanoat korxonalari oqava suvlarini tozalash inshootlarini loyihalash.
  • Oqava suvlarni tozalash texnologiyasi.
  • Tayyorlov, payvandlash va montaj ishlarining texnikasi va texnologiyasi.
  • Issiqlik-gaz ta'minoti va ventilyasiya asoslari.
  • Suv ta'minoti.
  • Gidravlika va issiqlik texnikasi.
  • Suv ta'minoti va oqava suvlarni oqizish asoslari.
  • Qurilish issiqlik fizikasi.
  • Issiqlik ishlab chiqarish uskunalari.
  • Issiqlik ta'minoti tizimlari.
  • Isitish tizimlarini loyihalash.
  • Suv xo‘jaligidan foydalanish va ularni muhofaza qilish.

 

KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI

 

  1. Boboev Sobir-texnika fanlari doktori, professor
  2. Usmonqulov Abduvaxob- texnika fanlari nomzodi, dotsent
  3. Aymatov Ro‘ziboy- texnika fanlari nomzodi, dotsent
  4. Meliev Baxtiyor O‘ktamovich- texnika fanlari nomzodi
  5. Toshmatov Norpulat Umarqulovich- katta o‘qituvchi
  6. Bobomurodov O‘mirqul Sattorovich- katta o‘qituvchi
  7. Tursunov Mamatqul Karimovich- katta o‘qituvchi
  8. Takaboev Qo‘chqor Uralovich- katta o‘qituvchi
  9. Qurbonov Berdiyor Toshtemirovich- katta o‘qituvchi
  10. Mansurova SHaxnoza  Pulatovna- katta o‘qituvchi
  11. Sultonov Akmal Obidovich-magistr, katta o‘qituvchi
  12. Saydullaev Sisrojiddin Raxmatullaevich-magistr, katta o‘qituvchi
  13. Xojimatova Mavluda Mamasolievna.-magistr, katta o‘qituvchi
  14. Axmedova Malika Asatullaevna-.-magistr, katta o‘qituvchi
  15. Alibekova Nazira Nazarovna.-assistent
  16. Aripov Nuriddin YUsupovich.- assistent
  17. Yuldashev Anvar Raxmatovich- assistent
  18. Musaev SHarof Mamarajabovich.- assistent
  19. Matniyozov Xasanboy Ataboevich - assistent
  20. Pirnazarov Ilxom Islomovich.- assistent

 

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

Kafedrada quyidagi o‘qituvchilar ilimiy ishlar bilan shug‘ullanmoqda.

 

  • Xojimatova Mavluda Mamasolievna- “Suyuqliklarni quduqlardan chiqarishda gazlift usulining foydali ish koeffitsientini oshirish” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.
  • Axmedova Malika Asatullaevna-Jizzax don maxsulotlari korxonasini chang gaz tozalash uskunalarini modernizatsiyalash va atrof muxitga ta'sirini baxolashni ilmiy asoslash.
  • Matniyozov Xasanboy Ataboevich- “Bozordagi marketing tadqiqotlari” mavzusida ilmiy ish olib bormoqda.

 

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR

 

  1. Sh.Mansurova,A.Sultonov. Baxtiyor oila - mustaxkam jamiyat. “Ayol ma'naviyat gulshani” Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya. JizPI, Jizzax  2017 yil, 9-10 iyun
  2. Sh.Mansurova,A.Sultonov. Sug‘orish tizimlarini boshqarishning optimallashtirish masalalari Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti qoshidagi ilmiy jurnal
  3. Sh.Mansurova, N.Toshmatov O problemax ispolzovaniya solnechnoy energii v kachestve istochnika tepla Nauchny jurnal "Ucheny XXI veka", Rossiya
  4. M. Eshmatov, B.Aytmurodov, X. Matniyozov Energiyaning qattiq jismlarda tarqalishi Muxandislik kommunikatsiyalari tizimlarini loyixalash, qurish va foydalanishning zamonaviy masalalari. Ilmiy-texnik konfrensiya 2017 yil 7-8 fevral
  5. Taylakov A.A. M. Axmedova Donmahsulotlari korxonalarida ishlab chiqarish sexlarini modernizatsiya qilish hisobiga ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish choralari “Fan-texnika, ta'lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” 326 bet. Respublika ilmiy-texnik anjumanimateriallari to‘plami JizPI, Jizzax, 2017 yil 14-15 aprel

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI

 

  1. M.P.Soy. B. Matniyazov.  X.Matniyozov Ukreplenie investitsionnogo potensiala regiona. “Me'morchilik va qurilish muammolari” Ilmiy-texnik  jurnal 4. 2015yil.109 bet.
  2. N.Toshmatov, B.Kurbanov., M.Axmedova., A.YUldashev., S.Saydullaev. Massoobmen mejdu vlajnm vozduxom i tverdmi sorbentami pri glubokoy osushki i oxlajdeniya vozduxa dlya termicheskoy obrabotki "Me'morchilik va kurilish muammolari" Ilmiy-texnik jurnal. 4. 2015 yil.81 bet.
  3. M.Tursunov., X.Matniyozov., SH. Mansurova. Gaz sarfini xisoblashda o‘lchash xatoliklarini inobatga olishning asosiy omillari “Me'morchilik va qurilish muammolari” Ilmiy-texnik  jurnal 2. 2015 yil.55 bet
  4. M.Tursunov., X.Matniyozov., SH. Mansurova., T.Norpulatov Izuchenie osobennosti temperaturnogo rejima gazoprovoda v usloviyax rezkogo otbora gaza “Me'morchilik va qurilish muammolari” Ilmiy-texnik  jurnal 4. 2015yil.109 bet.
  5. A.Yuldashev., SH.Mansurova., S.Saydullaev., SH.Musaev., X.Matniyozov., "Nekotore aspekt primeneniya metodov aerodinamiki pri ravnomernoy podachi vozduxa vozduxovodami s prodolnoy elyu". “Binolarning energiya samaradorligini oshirish va qurilish fizikasining dolzarb muammolari” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari. Samarqand. 2015 yil. 14-15 may. SamDAQI. 335 bet.
  6. M.P.Soy., B. Matniyazov ., X.Matniyozov. Investitsionnogo potensiala regiona “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim xamda modernizatsiyalashgan energiya va reserstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari. JizPI, Jizzax, 2016 yil 15-16 aprel. 177 bet.
  7. N.Toshmatov, S.Saydullaev, M.Axmedova, O.Juraev Issiqlik almashinuv qurilmalarida issiqlik uzatilishini jadallashtirishning ayrim usullari. “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim xamda modernizatsiyalashgan energiya va reserstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari. JizPI, Jizzax, 2016 yil 15-16 aprel. 177 bet.
  8. I. Pirnazarov, M. Axmedova “K voprosu o vbore optimalnogo i dopustimogo parametra vozduxa pri komfortnom konditsionirovanii v pomeeniyax". “Me'morchilik va qurilish muammolari” Ilmiy-texnik  jurnal 3. 2016 yil.73 bet.
  9. N.Toshmatov, S.Saydullaev., SH.Mansurova., T.Norpulatov. Kondensatsionne otopitelne kotl - novoe pokolenie ekonomichnx teplogeneratorov “Arxitektura va qurilish soxalarida innovatsion texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari” Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya. SamGASI, Samarqand  2016 yil, 27-28 may, 2-kitob, 67 bet.
  10. N.Toshmatov, S.Sattorov O.Juraev S.Ismatullaev Namunaviy uy-joylarni energiya tejamkor isitish tarmog‘i bilan takomillashtirish
  11. “Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim xamda modernizatsiyalashgan energiya va reserstejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar” Respublika ilmiy-texnik anjumani materiallari. JizPI, Jizzax, 2016 yil 15-16 aprel. 179 bet.
  12. N.Toshmatov, S.Saydullaev O metodax opredeleniya poteri i podsosa vozduxa v ventilyasionnx setyax “Molodoy ucheny”, Spetsvpusk, Moskva,  7.2 (111.2), Aprel, 2016g, str.72-74

 


OO'Y reyting facebook.com Telegram