UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi


 "Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi mudiri

texnika fanlari nomzodi  dots. Asatov Nurmuxamat Abdunazarovich

E-mail: asatov_nur@list.ru

Telefon: (90)6433982

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:00 dan 15:00 gacha.

 

 

"Bino va inshootlar qurilishi" kafedrasi

“Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining tashkil etilishi tarixi Jizzax politexnika instituti  tarixining boshlanishi bilan bevosita bog‘liq. Ya'ni, 1977 yil hozirgi institut negizida Toshkent politexnika institutining “Qurilish fanlari” kafedrasi tashkil etilib,  kafedraga dots. A.Salimov rahbarlik qildi.

Kafedraga tajribali pedagoglar A.Abduraximov va Q.Bo‘rievlar bilan  bir qatorda iqtidorli yoshlar T.Muqumov, R.Nimatov, I.Meliev, B.Sobirov, B.Kattakishievlar taklif etildilar. Keyinchalik  kafedra bir necha kafedralar ajralib ketdi va turli yillarda har xil nomlar bilan atalib kelindi.

Kafedraga dots. A.Salimov rahbarlik qilgan  davrda kafedraning moddiy-texnika bazasi va pedagogik jamoasi shakllandi. Jumladan, “Qurilish ashyolari” va “Muxandislik geodeziyasi” fanlaridan laboratoriya jihozlari o‘rnatilib, laboratoriya ishlarining bajarilishi to‘liq yo‘lga qo‘yildi. 

1983 yili “Qurilish fanlari” kafedrasi negizida “Sanoat va fuqaro binolari me'morchiligi” nomli mutaxassislik kafedrasi tashkil etildi va kafedra mudirligini t.f.n. E.Abdullaev boshqardi. Kafedrada o‘qituvchilardan M.Turopova, A.G‘aniev, T.Muqumov, B.Bo‘stonov, N.Asatov, M.Mamatqulova,  I.Mamayusupov,  A.Keldibekov,  B.Xasanov, Q.Takaboev, B.Qurbonov, Yu.Usmonovlar faoliyat ko‘rsatdilar. Kafedra a'zolaridan A.G‘aniev, T.Muqumov,  B.Bo‘stonov,  I.Meliev,  N.Asatov,  K.Jo‘raev, R.Nimatovlar turli yillarda fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lib kafedraning ilmiy salohiyatining oshishiga munosib hissa qo‘shdilar.

Kafedra bu davrlarda “Sanoat va fuqaro qurilishi” hamda “Qishloq xo‘jalik qurilishi” mutaxassisliklari kadrlar tayyorlagan.

1984-1998 yillar dots. A.G‘aniev boshchilik qilgan. Ushbu yillarda kafedra “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Sanoat va fuqaro binolari me'morchiligi” nomlari bilan  faoliyat ko‘rsatdi.

Kafedra 1997 yildan boshlab “Bino va inshootlar qurilishi” nomi bilan yuritila boshlandi va bugungi  kungacha ham ushbu nom bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra olimlari ilmiy ishlar bo‘yicha Rossiyaning “Moskva muxandislik - qurilish instituti”, “Beton va temirbeton ilmiy tadqiqot instituti”(NIIJB), “Moskva transport muxandislari instituti”, ”Dnepropetrovsk muxandislik quruvchilar instituti”, Samarqand va Toshkent arxitektura qurilish institutlari, hamda Toshkent  temir yo‘llari transport instituti bilan hakmkorlik aloqalarini o‘rnatganlar.

1997 yilda t.f.n.T.Muqumov Toshkent avtomobil yo‘llari instituti qoshidagi ixtisoslashtirilgan birlashgan ilmiy kengashda doktorlik dissertatsiyasini muvoffaqiyatli himoya qildi.

1998 yildan 2002 yilgacha kafedraga t.f.n. O.Burxonov mudirlik qildi. 

2002-2004  o‘quv yillarida kafedrani dots. A.G‘aniev boshqardi. 

2005-2006 yilda kafedrani t.f.n. R.Hamraqulov, 2007-2008 yillarda dots. I. G‘aniev, dots. B.Rahmonovlar  boshqardi.

2008 yildan e'tiboran kafedrani t.f.n., dots. N.Asatov boshqarib kelmoqda. 

Hozirgi kunda kafedrada 5 nafar fan nomzodi va dotsentlar, 8 nafar katta o‘qituvchi, 13 nafar assistient, o‘quv ustasi va kabinet mudiri faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Dots. N.Asatovning bevosita rahbarligida “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasining o‘quv laboratoriya bazasida “Qurilish mahsulotlarini sinash laboratoriyasi” tashkil etildi. Laboratoriya jihozlari to‘liq ishchi holatiga keltirildi, hamda  standart agentliklarida texnik qiyoslovdan o‘tkazilib,  tegishlicha  sertifikatlar olindi. 2008 yil noyabr oyida “O‘zstandart” agentligi  tomonidan sinov laboratoriyasiga akkreditatsiyadan o‘tganligi haqida guvohnoma berildi (╣ UZ. AMT. 07. MAI. 682). Dastlab 9 turdagi, 2011 yildan 12 turdagi qurilish mahsulotlarini sinash bo‘yicha akkreditatsiya sohasi belgilandi. 

Viloyatimizdagi qurilish va yo‘l qurilish tashkilotlari, qurilish ashyolari ishlab chiqaradigan zavodlari, xususiy ishlab chiqarish firmalarida tayyorlanadigan va ishlatiladigan qurilish mahsulotlarini sinash bo‘yicha shartnomalar tuzildi. 

Kafedrada tahsil olgan 3000 ga yaqin sobiq talabalar nafaqat respublikamizda, balki xorijiy davlatlarda xalq xo‘jaligining  turli tarmoqlarida samarali mehnat qilishmoqdalar.

Iqtidorli talabalar kafedrada faoliyat ko‘rsatayotgan fan to‘garaklariga ham jalb qilingan. Iqtidorli talabalarning ishlari  tanlovlarga, nomli stipendiyalarga tavsiya qilingan va  yutuqlarga erishilgan. Oxirgi 3 yil davomida 3 ta “Beruniy” stipendiyasi sovrindorlari, 4 ta “Yurt kelajagi” tanlovi viloyat g‘oliblari, 2 ta fan olimpiadasi  va boshqa tanlovlarning sovrindorlari yetishib chiqqan.

BAKALAVRIAT YO'NALISHI:

  • 5340200 – BINOLAR VA INSHOOTLAR QURILISHI (TURLARI BO‘YICHA)  
  • 5340100 – ARXITEKTURA(BINO VA INSHOOTLAR)

MAGISTRATURA MUTAXASISLIGI:

  • 5A340201 - BINO VA INSHOOTLAR QURLISHI

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:
3.00.Umumkasbiy fanlar
  • Yo‘nalishga kirish 
  • Qalamtasvir, rangtasvir va haykaltoroshlik
  • Arxitekturaviy kompozitsiya va loyihalash asoslari
  • Injenerlik geodeziyasi
  • Fuqaro binolari arxitekturasi
  • Arxitektura
  • Qurilish jarayonlari, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
  • Muxandislik geodeziyasi
  • Qurilish konstruksiyalari
  • Zamin va poydevorlar
  • Bino va inshootlarni texnik baxolash
  • Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar
  • Metall konstruksiyalari
  • Yog‘och va plastmassa konstruksiyalari
  • Bino va inshootlar texnik ekspluatatsiyasi
  • Binolar tashxisi va ekspertizasi
  • Yo‘l inshootlari arxitekturasi
  • Zamin va poydevorlar muxandisligi
  • Qurilish jarayonlari va remont ishlari texnologiyasi
  • Bino va inshootlar rekonstruksiyasi
  • Gruntlar mexanikasi
4.00.Ixtisoslik fanlar
  • Kompyuter dasturlari asosida qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash
  • Sanoat binolari
  • Temir beton, tosh-g‘isht konstruksiyalari 
5.00.Qo‘shimcha fanlar
  • Markaziy Osiyo sharoitida temir beton konstruksiyalarini loyixalash
Magistratura
Magistratura fanlari
  • Bino va inshootlarni ta'mirlash, qayta qurish
  • Quruq issiq iqlim sharoitida shaharsozlik
  • Binolarning energiya samaradorligini oshirish
  • Binolarni loyihalashning nazariy va amaliy masalalari
  • Bino va inshootlar zilzilabardoshligi
  • Qurilish konstruksiyalarini hisoblashni avt-sh
KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI
  1. Asatov Nurmuxammat Abdunazarovich Kaf.mud.
  2. Berdiev Oblakul Boboqulovich Dotsent
  3. Ubaydullaev Abdulbase Suvankulovich Katta o‘qituvchi
  4. Jonuzoqov Abduvaxob Esirgapovich Katta o‘qituvchi
  5. Guliev Abdulakim Abduqodirovich Katta o‘qituvchi
  6. Aliev Mashrab Rahmonqulovich Katta o‘qituvchi
  7. Ablaeva Ug‘iloy SHodiqulovna Katta o‘qituvchi
  8. Zokirov Jaxongir Abdukodirovich Katta o‘qituvchi
  9. Jo‘raev O‘ktam Uralboevich Katta o‘qituvchi
  10. Xudayqulov Nuriddin Jonuzoqovich Katta o‘qituvchi
  11. Berdiev Odil Obloqulovich Assistent
  12. Abdusamatov Ne'mat Inomovich Assistent
  13. Normatova Nargiza Azimjonovna Assistent
  14. Normatov Mirkomil Usmonqulovich Assistent
  15. Boymatov Abdulaliz Abdurashidovich Assistent
  16. Qorabekov Ulug‘bek Abdukarimovich Assistent
  17. Toshmuradov Abdurasul YAshuzakovich Assistent
  18. Mirazimova Gulbaxor O‘ktamovna Assistent
  19. O‘sarov Jamoliddin To‘lqinovich Assistent
  20. Muxammadiev Begzod Asliddinovich Assistent
  21. Mingyasharov Abduraxim Xo‘roz o‘g‘li Assistent
  22. Rasulov Sharof Isomovich Assistent
  23. Raximova Dilrabo Qaxramonovna O‘quv ustasi
  24. Usmanov  SHaxriyor  Baxtiyor o‘g‘li Kabinet mudiri
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
  1. N.A.Asatov 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari mutaxassisligi bo‘yicha “Quruq va issiq iqlimda betonning suv filtratsiyasining nazariy asoslarini ishlab chiqish va yuqori bosimlarda suv o‘tkazmaydigan beton tayyorlash texnologiyasini yaratish” mavzusida Buxoro oziq- ovat texnologiyalari instituti rektori, t.f.d., professor K.Tulaganov rahbarligida doktorlik dissertatsiyasini bajarmoqda.
  2. Bugungi kunda N.Asatov raxbarlik qilayotgan  kafedrada 1 katta ilmiy xodim - izlanuvchi  va 2 ta mustaqil ilmiy izlanuvchi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Kafedraning mustaqil ilmiy tadqiqotchisi xisoblangan O.Berdiev 2012 yil 25 may kuni Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi K.067.03.01 sonli Birlashgan Ixtisoslashgan Kengashida “Prochnost i deformativnost tonkostennűx armirovannűx konicheskix kupolov s uchetom neuprugix svoystv materiala” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvafaqqiyatli ximoya qildi. Bugungi kunda  kafedraning ilmiy saloxiyati 34 % tashkil qiladi. 
  3. N.A. Asatovning tashabbusi bilan olib borilgan ishlar natijasida 2009 yilda kafedraning iqtidorli talabasi Isroilov Otabek, 2011 yilda Pardaeva Elmira, 2012 yilda Xudoyberdiev Otabek, 2015 yilda Qudratov Ulug‘bek, 2016 yilda Tursunov Begzod, 2017  yilda Aglamov Omonulla Abu Rayxon Beruniy stependiyasi soxibi bo‘ldilar. Kafedraning 9 nafar  iqtidorli talabasi “Kelajak ovozi”, “YUrt kelajagi” tanlovlarida qatnashib faxrli o‘rinlarni egalashgan va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganlar.
  4. Uning tashabbusi bilan institutda qurilish materiallarini sinash bo‘yicha sertifikatlashgan laboratoriya tashkil etilgan. Bugungi kunda bu laboratoriya  viloyatimizning etakchi qurilish tashkilotlari bilan shartnoma asosida qurilish materiallarini sifatini aniqlab, xulosalar bermoqda. SHu bilan birga, viloyatning etakchi tashkilotlari bilan  hamkorlikni rivojlantirish maqsadida N.Asatov raxbarligida qurilish obektlarida geodeziya ishlarini bajarish uchun litsenziya olish maqsadida xujjatlar majmuasi tayyorlangan va O‘zbekiston Respublikasi er resurslari, geodeziya, kartografiya va Davlat kadastri Davlat qo‘mitasi qoshidagi ekspert komissiyasining ijobiy xulosasi olinib, Vazirlar Maxkamasi qoshidagi komissiyaga taqdim etilgan.
  5. 2015 yil 19-21 may kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan VIII – Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalr yarmarkasida “Yig‘ma temirbeton buyumlariga issiqlik ishlov berishning samarali usullarini ishlash” mavzusidagi ilmiy ishlanma bilan qatnashildi va yarmarka natijalariga ko‘ra Jizzax shahrida joylashgan “Zenatkor temirbeton buyumlari” MCHJ korxonasi bilan  40 million so‘mlik shartnoma imzolandi. 
  6. 2015-2016  yilda N.A. Asatov raxbarligida kafedraga biriktirilgan 411-o‘qituvchilar xonasi, 122 o‘quv xonasi xomiylar jalb qilingan xolda ta'mirlandi va ko‘rgazmali qurollar bilan ta'minlandi. 2016 yilda 409 va 413 xonalarga  “Zaminlar va poydevorlar”, “Boglovchi moddalar” fanlaridan 12,5 mln. so‘mlik laboratoriya jixozlari keltirib o‘rnatildi.
  7. N.A.Asatov Oliy talim vazirligi qoshidagi ishchi guruxda “Respublikada arxitektor va quruvchi mutaxassislar sifatini oshirish” loyixasida ekspert sifatida ishrok etgan. Bugungi kunda esa qurilish yo‘nalishi bo‘yicha tayanch muassasasi xisoblangan Toshkent arxitektura-qurilish instituti qoshidagi uslubiy birlashmaning a'zosi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 
  8. 2015 yilda Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti rektorining 22.04.2015 y. X-55 son buyrug‘iga binoan 3.07.2015 yil 5A340501-“Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari ishlab chiqarish” mutaxassisligi bo‘yicha DAK raisi sifatida ishtirok etdi. 
  9. 4 nafar fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun yozilgan avtoreferatlarga taqrizlar taqdim qilingan. Jumladan, Kamolova D.Z.ning “Osnovű formirovaniya i prinsipű kompleksnogo resheniya i prinsipű kompleksnogo  resheniya svetovoy arxitekturű arxitekturnűx pamyatnikov i ansambley istoricheskix gorodov Uzbekistana” mavzusidagi arxitektura nomzodi ilmiy darajasini olish olish uchun yozilgan  avtoreferatiga, Sodikov J.I. ning “Metodű povűsheniya dostovernosti informatsii, obosnovűvayu¨ey proektnűe resheniya avtomobilnűx dorog” mavzusidagi, Xasanov Z.A. ning “Isseledovanie voprosov prochnosti gruntov, ustoychivosti i effektivnűx metodov protivoopolznevűx meropriyatiy v gornűx, predgornűx territoriyax Uzbekistana"  mavzusidagi, Berdiev O.B. ning "Prochnost i deformativnost tonkostennűx armirovannűx konicheskix kupolov s uchetom neuprugix svoystv materiala" mavzusidagi texnika fanlari nomzodi ilmiy darajalarini olish olish uchun yozilgan  avtoreferatlarga belgilangan tartibda  taqrizlar bergan. 
  10. Davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta'minlanmagan ilmiy-tadqiqot ishlarining bajarilishi yuzasidan t.f.n., dots. Asatov N. rahbarligida “Quriq issiq iqlimda quyosh energiyasidan foydalanilgan holda yig‘ma temirbeton buyumlariga issiqlik ishlovi berishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusida ilmiy-tadqiqotlar olib borilgan.
  11. Kafedrada 3 ta ilmiy to‘garak “Me'mor”, “Konstruktor” va “Loyihachi” to‘garaklari faoliyat olib bormoqda. Ilmiy to‘garaklarda jami 62 nafar iqtidorli va iste'dodli talabalar ilm sirlari bilan tanishtirib borilmoqda. 
  12. Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlari bilan birgalikda o‘z ilmiy ish rejalarini ishlab chiqqan va tasdiqlangan. Talabalar shu reja asosida ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarib kelmoqdalar va shu asosda ilmiy maqolalar tayyorlab, institut miqyosda iqtidorli talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ilmiy konferensiyalarda o‘z maqolalari bilan qatnashib kelmoqdalar. Bundan tashqari, iqtidorli talabalarimizdan 427-10 B va IQ guruhi talabalari Razzoqov Nurmuxammad, Qodirov Bunyodlar 2013 yilda, Tursunov Begzod 2016 yilda o‘tkazilgan talabalar Respublika fan olimpiadasining II bosqichida ishtirok etib, sovrinli 2 va 3 – o‘rinlarni  egallashdi. 
  13. Iqtidorli talabalarimizdan 427-10 B va IQ guruhi talabalari Razzoqov Nurmuxammad, Qodirov Bunyod, Asatov Bunyodlar 2013 yili “Kelajak ovozi-2013” ko‘rik tanlovi  viloyat bosqichida faxrli 1 va 3 o‘rinni,  2015 yil aprel oyida o‘tkazilgan “YUrt kelajagi” ko‘rik tanlovida Ochilova Aziza “Landshaft dizayni” nominatsiyasi bo‘yicha, Zokirov Javohir “Arxitektura va interer dizayni” nominatsiyasi bo‘yicha viloyat bosqichida faxrli 1 va 3 o‘rinni  egallashdilar. 2016 yil “YUrt kelajagi” ko‘rik tanlovida esa iqtidorli talabalar  B.Tursunov, Qudratov U., Qaxramonova A. lar  viloyat bosqichida  g‘olib topilib, Respublika bosqichiga tavsiya etildilar. 
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR
  1. Kafedradagi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi mutaxassisligi bo‘yicha o‘qitiladigan barcha fanlar yangi avlod darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar bilan ta'minlangan. 
  2. Kafedrada o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha barcha ma'lumotlar tayyorlanib Moodle tizimiga kiritildi.
  3. 2016-2017 o‘quv yilida kafedrada o‘tiladigan aksariyat fanlardan ma'ruza matni lotin alifbosida tayyorlanib talabalar foydalanishi uchun tarqatildi.
  4. Kafedraga tegishli barcha fanlar bo‘yicha talabalar bilimini nazorat qilishda maxsus elektron test dasturidan foydalaniladi, barcha fanlarda testlar majmui tayyorlangan.
  5. Laboratoriya, amaliy mashg‘ulotlarning  va malakaviy amaliyotlarni o‘tkazish  bo‘yicha  to‘liq uslubiy ta'minlandi.
  6. Kafedraga tegishli 9 ta fan bo‘yicha laboratoriya mavjud bulib, hammasi bo‘yicha uslubiy qo‘llanma yozilgan. Laboratoriya darslarida o‘qituvchi tomonidan har bir talabaga uslubiy qo‘llanma va tarqatma material tarqatildi va talaba laboratoriya ishi tajriba natijalarini tegishli jadvallarga solib to‘ldirdi, hamda tegishli xulosalar qildi. Laboratoriya ishi hisobotini qilgandan so‘ng talaba uni himoya qildi va tegishli ball oldi. 
  7. Kafedrada Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi  tasdiqlagan "Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida"gi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan "Jizzax politexnika institutida talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomga asosan talaba mustaqil ishi tashkil etildi.  2016-2017 o‘quv yilida barcha fanlar bo‘yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan.
  8. Kafedra bo‘yicha 37 nomdagi fandan uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar bilan ta'minlanganlik 98 % ni tashkil ilmoqda, hozirda 100 % ga etkazish choralari ko‘rilmoqda. 
  9. Talabalarning kurs ishlarini bajarish tuzilmasidagi o‘zgarishlar, hisob ishlarini to‘liq kompterlarga o‘tkazish va mavzularini tasdiqlash bo‘yicha masala kafedralarning yig‘ilishlarida muhokama qilingan va tegishli qarorlar qabul qilingan. Talabalarning kurs ishi chizmalari aksariyat qismi SorelDRAW va AutoCAD dasturlarida tayyorlandi. 
  10. “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasida 2016-2017 o‘quv yilida 12 fandan 60 ta guruhda kurs ishlari va loyihalari bajarildi. Ularni bajarishga doir uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan va ta'minlanganlik 98 %ni tashkil qildi. 
  11. Kafedraning barcha a'zolari kutubxonaga a'zo bo‘lishgan. Kutubxona fondidan to‘liq foydalanishmoqda.  Kafedrada o‘tiladigan maxsus fanlar bo‘yicha kutubxonada etarli darajada adabiyotlar mavjud, shuningdek kutubxonaning kompyuter bankida ma'ruza matlarining elektron versiyalari joylashtirilgan.
  12. Jizzax shahridagi  Jizzax uy-joy kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda uslubiy ishlar olib borilmoqda.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI
  1. Issledovaniya vliyaniya teplovoy obrabotki betona povűshennoy vodonepronitsaemosti na ego prochnost Molodoy uchyonűy, 2016 ╣7.2, 34-37 bet Asatov N.A., Ochilova A.A.
  2. Qurilish konstruksiyalarini kuchaytirishni asosiy prinsiplari Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar. Jizzax. 2016. 2-qism. 30-32 b. Asatov N.A., Erboev SH.O.,     Aliev M.R.
  3. Usilenie tkanevűmi polimernűmi kompozitami jelezobetonnűx balok s tre¨inami Molodoy uchyonűy, 2016 ╣7.2, 37-41 bet Ashrabov A.A., Sagatov B.U., Aliev M.R.
  4. Toshkent: loyihalashning an'anaviylikdan hozirgi kunigacha Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalashgan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, echimlar, istiqbollar. Jizzax. 2016. 2-qism. 25-28 b. Berdiev O.B., Ablaeva U.SH.
  5. Yuqori harorat va kam namlikning betonni asosiy xossalariga ta'siri “Ayol-ma'naviyat gulshani” VIII Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Jizzax. 2016. 79-81 b. Asatov N.A., Aliev M.R.
  6. Iqtidorli talabalar-yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning asosidir. “Ayol-ma'naviyat gulshani” VIII Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Jizzax. 2016. 79-81 b. Asatov N.A., Jonuzoqov A.E., Jo‘raev O‘.O‘.

OO'Y reyting facebook.com Telegram