UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi

 

"Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi mudiri

texnika fanlari nomzodi, dotsent.  Islomov Ropijon Raxmonqulovich

E-mail: ropijon.islomov@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

 

"Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi

"Metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2014 yil 12- iyundagi  "Vazirlar Maxkamasining "Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillshtirish to'g'risida" 2012 yil 29-iyundagi 187-sonli qaroriga o'zgartirish kiritish haqida"gi 157-sonli qaroriga ko'ra institut rektorining 2014 yil 27-iyundagi 17 AF sonli buyrug'i asosida tashkil etildi.

Hozirgi kunda kafedrani t.f.n., dots. Islomov R.R. boshqarib kelmoqda.
 
Kafedrada 5 nafar fan nomzodi, dotsentlar; 4 nafar katta o'qituvchi va 7 nafar assistentlar faoliyat yuritishmoqda. Kafedrada asosan bakalavriatning "Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti" ta'lim yo'nalishi bo'yicha taxsil olayotgan talabalarga mutaxassislik fanlaridan mashg'ulotlar olib boriladi. Integratsiyalashuv bugungi kundagi muxandislarni tayyorlash sifatini yaxshilash va ishlab chiqarishga moslashuvini tezlashtirishga yordam beradi hamda ishlab chikarishdagi malakali mutaxassislarni jalb etgan holda zamon talablari darajasidagi kadrlarni tayyorlash imkonini beradi.

Shu maqsadda o'quv rejasidagi "Standartlar va me'yoriy xujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi", "Maxsulot sifati nazorati va sinov qurilmalari", "Me'yoriy nazorat va texnikaviy xujjatlarning metrologik ekspertizasi" va boshqa mutaxassislik fanlari "Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti" yo'nalishi talabalariga "O'zstandart" agentligi "Jizzax standartlashtirish va metrologiya" boshqarmasi bazasida o'tkazilmoqda.

Kafedra yosh o'qituvchisi Isroilov F. O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, t.f.n. Q.Imomqulov rahbarligida "Tuproq degardatsiyasini baholash usullarini takomillashtirish va uning ekologik-meliorativ holatini yaxshilash" mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo'mitasi tomonidan e'lon qilingan "2014-2015 yillarda bajariladigan yosh olimlar fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy texnika dasturini shakllantirish uchun ilmiy loyihalar" mavzusidagi tanlovda g'olib deb topildi. Loyiha 2014-2015 yillarga mo'ljallangan bo'lib,  50 mln. so'm mablag' ajratilgan.


OO'Y reyting