UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Kimyoviy texnalogiya" kafedrasi


"
Kimyoviy texnologiya" kafedrasi mudiri

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent  Ro'zmatov Ikrom Ro'zmatovich

Tel.: +99894-197-67-65

E-mail: www.sobirvak@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha. 

 

"Kimyoviy texnologiya" kafedrasi

Ma'lumki, Jizzax viloyatidagi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining buyuritmalariga asosan har yili qabul kvotalari shakllantiriladi. Unga asosan qabul rejalari belgilanadi. Jadvaldan ko'rinib turibdiki, institutda Kimyoviy texnologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha  belgilangan qabul rejalariga asosan kadrlar tayyorlanmoqda.

Ta'lim yo'nalishini nomi 2010 2011 2012 2013 2014 Jami
1 Kimyoviy texnologiya 16 14 28 35 37 130
2 Kasb ta'limi (Kimyoviy texnologiya) 12 25 13 16 19 85

Bitiruvchilarni ishga joylashtirish:

Yillar Kontingent Bitiruvchilarni taqsimlash
Byudjet bo'yicha To'lov-kontrakt bo'yicha
1 2010 28 8 19
2 2011 29 9 20
3 2012 41 11 29
4 2013 51 19 30
5 2014 56 21 35

Kafedrada Toshkent kimyo texnologiya instituti bilan xamkorlikda 3 ilmiy yo'nalishda ITI olib borilmoqda:

1. Atsetilenni bug' fazada gidratlash uchun yangi katalizatorlar yaratish texnologiyasi;

2. Markaziy Qizilqumning past navli fosforitlarini fosforli o'g'itlarga qayta ishlashning noan'anaviy samarador texnologiyasini yaratish;

3. Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida tarkibida korroziya ingibitorlari saqlovchi sovutgich suyuqliklar yaratish.

1 ilmiy yo'nalish bo'yicha atsetilen va vinilatsetilenni bug' fazada gidratlash uchun yangi Sd va Sa asosida katalizatorlar yaratildi va Navoiy-azot OAJda sinov-tajribadan o'tkazildi. Katalizatorni olish bo'yicha texreglament va texnik shart ishlab chiqildi.

2 ilmiy yo'nalish bo'yicha ilmiy-tajriba ishlari olib borilmoqda va ilmiy natijalar "Maxsam-Ammofos" OAJda sinov-tajribadan o'tkazilmoqda.

3 ilmiy yo'nalish bo'yicha Mahalliy xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida tarkibida korroziya ingibitorlari saqlovchi sovutgich suyuqliklar uchun O'zbekiston Respublikasi patenti olindi. Uchqurg'on moy kombinati sovun ishlab chiqarish sexi xom ashyosi glitserin asosida "Jizzaxplastmassa" OAJda glitserinli antifriz GA-39 ishlab chiqarish sexi qurildi va 50 tonna tajriba namunasi ishlab chiqarildi. Kelgusida lak-buyoq materiallar uchun erituvchilar ishlab chiqarish sexini qurish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari Kimyoviy texnologiya kafedrasi Fanlar Akademiyasining mikrobiologiya instituti bilan ilmiy xamkorlik aloqalarini o'rnatgan. Ilmiy-tadqiqot institutining professori b.f.d. Z.Axmedova ilmiy maslahatida "Ksilotrof zamburug'lar ligninolitik fermentlari va ularning lignotsellyuloza chiqindilari biokonversiyasidagi ishtiroklari" mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilmoqda.

KT kafedrasida 15 nafar professor-o'qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 39% tashkil etadi. Kafedrada "Texnolog" o'quv-ishlab chiqarish laboratoriyasi, "Metallar korroziyasi" ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko'rsatmoqda. Kafedrani  "Jizzax  akkumluyator zavodi" va "Jizzaxplastmassa" OAJda zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan kafedra filiali mavjuddir.


OO'Y reyting facebook.com Telegram