UZ | RU | EN    

1 2
 
«Iyun 2018»
DuSeChPaJuShYa
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Informatsion texnologiyalar" kafedrasi

"Informatika va informatsion texnologiyalar" kafedrasi mudiri

t.f.n., dots. Tavboyev Sirojiddin Axbutaevich

Tel.: +99891-943-66-55 (mob)

E-mail: sirojiddint@umail.uz, sirojiddint@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

"Informatika va informatsion texnologiyalar" kafedrasi

"Informatika va IT" kafedrasi, 1992 yil institut kengashining avgust oyi qaroriga asosan "Oliy matematika" kafedrasi bazasida tashkil qilindi. Bu vaqtda kafedra o'quv yuklamalarining soni 2800 soatni tashkil qilib, kafedra tarkibi, bitta dotsent, 2 nafar o'qituvchi, 1 nafar laborantdan iborat edi. Kafedraga dots. A. Abdukarimov mudir bo'lib u 1996 yilgacha faoliyat ko'rsatdi. 1995 yil institut ilmiy kengashining qarori bilan kafedra mutaxassislik kafedrasiga aylantirildi va 1995-1996 o'quv yilidan boshlab B 5502805 yo'nalish bo'yicha talabalar qabul qilina boshlandi. Kafedraning moddiy texnika bazasi ham asta sekin yuksalib bordi.

1996 yilda kafedraga dots. A.Savurboev mudir etib saylandi va kafedra faoliyati oldiga ilmiy-tadqiqot, o'quv uslubiy, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo'yicha yangi vazifalar qo'yildi. 2002-2003 o'quv yilidan boshlab kafedra "Informatika va axborot texnologiyalari" deb nomlandi va unga 5521900-"Informatika va axborot texnologiyalari"  yo'nalishi bo'icha malakali mutaxassislarni tayorlash vazifasi yuklandi.

2004 yilda kafedraga dots. B.Qo'ziyev mudir etib saylandi. Kafedrada o'quv mashg'ulotlari bilan birgalikda ilmiy tadqiqot ishlari ham uzviy ravishda olib boriladi. Olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyalarida, institut ilmiy ishlari to'plamlarida o'z aksini topmoqda.

2008 yildan boshlab kafedra mudiri vazifasini dotsent S.A.Tavboyev bajarmoqda. Bu davrga kelib 2008 yilda yangidan Kasbiy pedagogik ta'lim "Informatika va axborot texnologiyalari" yo'nalishiga talabalar qabul qilina boshladi. Kafedrada 1 ta fan doktori, 5 ta fan nomzodlari, pedagogik faoliyati 15 yildan ortiq bo'lgan 2 ta katta o'qituvchi va 7 ta assistant–pedagoglar, 2 ta muxandis, 1 ta laborant mehnat qilmoqdalar. Bular: S.A.Tavboyev – t.f.n., dotsent - kafedra mudiri; A.Savurboev – f-m.f.n., dotsent, A.V.Qobulov-texnika fanlari doktori, professor, B.N.Qo'ziev- – t.f.n., dotsent, T.Eshonqulov – t.f.n., dotsent, O.X.To'raqulov – p.f.n., dotsent v.b., K.G.Jabborov – i.f.n., dotsent, N.A.Dangalov va M.Muxammadiyev – katta o'qituvchi; J.T.Quvondiqov, O.To'raqulov, A.Guliyev, X.Shodmonov, J.R.Axmedov, B.Nasriddinov, P.M.Sindarov – assistentlardir.

Kafedra zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan bo'lib, xalqaro axborot tarmog'i – Internetga ulangan. Har bir o'quv mashg'uloti elektron darsliklar asosida, hamda masofaviy o'qitish uslublaridan foydalanilgan holda zamonaviy kompyuter texnologiyalati asosida olib borilmoqda.

Kafedra o'qituvchilaridan dotsent S.Tavboev, O.To'raqulov, B.Qo'ziev, katta  o'qituvchi N.A.Dangalov, P.M.Sindarov, R.Davronovlar doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedraning barcha professor o'qituvchilari "Jizzax viloyati hududida yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish muammolari" mavzusida ilmiy – tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedrada tahsil olgan 1000 ga yaqin sobiq talabalar nafaqat respublikamizda, balki xorijiy davlatlarda xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida samarali mehnat qilishmoqdalar.

Kafedra chiqaradigan mutaxassisliklar

1. 5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishining umumiy tavsifi   

1.1.    Yo'nalish – O'zbåkiston uzluksiz ta'lim Davlat ta'lim standartlari, oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti, oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga kiritilgan.

1.2. Ta'limning kunduzgi o'qish shaklidagi muddati – 4 yil.

Akadåmik daraja – "Bakalavr".

1.3.Bakalavr:

kasblar va lavozimlar milliy klassifikatoriga muvofiq oliy ma'lumotli shaxs egallashi lozim bo'lgan lavozimlar bo'yicha mustaqil faoliyat ko'rsatishga;

ta'lim yo'nalishi hamda turdosh ta'lim yo'nalishlarining magistratura mutaxassisliklari bo'yicha oliy ta'lim olishni davom ettirishga;

kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimida qo'shimcha kasbiy ta'lim olishga tayyorlangan bo'lishi shart.

1.4 5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr kasbiy faoliyati sohalari va ob'åktlarining tavsifi.

1.4.1. Ta'lim yo'nalishning ilm-fan va xizmatlar sohasidagi o'rni.   

 5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishi – informatika va axborot tåxnologiyaning kasbiy ta'lim sohasidagi yo'nalishi bo'lib, u o'z ichiga pådagogik faoliyat jarayoni uchun zarur bo'ladigan axborot tåxnologiyalar o'quv fanlari mujassamligi, vositalari, usullari, qo'llanmalari, yuqori madaniyat va shaxsni axloqiy tarbiyalash måzonlariga oid bilimlar majmuini qamrab oladi.

1.4.2. Kasbiy faoliyat ob'åktlari.                            

5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob'åktlari - kollåj va akadåmik litsåylardagi o'quvchilar, o'quv-tarbiyaviy jarayonlar, pådagogik tåxnologiya va o'qitish uslublari, yuksak unumdorlikka ega bulgan xisoblash mashinalari, komplåkslar, tizimlar va tarmoqlar, avtomatlashtirilgan va kompyutår tizimlarining axborot va dasturiy ta'minoti; dasturiy tizimlar va vositalarni ishlab chiqish; loyixalashni avtomatlashtirish tizimlari va kompyutår tizimlari sårvisi.

1.4.3. Kasbiy faoliyat turlari.

5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr o'zining fundamåntal, umumkasbiy va maxsus tayyorgarligiga muvofiq quyidagilarni o'zlashtiradi:

- o'qituvchilik sohasi bo'yicha: kasb-hunar kollåjlarida tasdiqlangan o'quv darsturi asosida kasb ta'limi o'qituvchisi;
- tarbiyaviy sohada: maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida, akadåmik litsåy va kasb-hunar kollåjlarida;
- o'quv-uslubiy sohada: oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va kasb-hunar kollåjlarining o'quv måtodik xonalarida;
- ishlab chiqarish-tåxnologik: kompyutår tizimlari va tarmo tuzilmalarida ishlash, fizik jarayonlarni kompyutårga yo'naltirilgan modållarini ishlab chiqish, o'z maxsulotlarini (dasturiy vositalar va tåxnologiyalar) markåntingini amalga oshirish.
- loyixaviy-konstruktorlik: xisoblash mashinalari va hisoblash mashinalari maxsus vositalarini va qurilmalarini, avtomatlashtirilgan ta'lim tizimlarini loyihalashtirish; simsiz tåxnologiyalarni, dasturiy tizimlar va vositalarni yaratish.
- ekspårimåntal-tadqiqiy: namunaviy måtodika va b. bo'yicha ekspårimåntal tadqiqotlarni o'tkazish va natijalariga ishlov bårish.

1.4.4. Turdosh kasblarga moslashish imkoniyatlari

5111018 – Kasb ta'limi (informatika va axborot tåxnologiyalari) ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr quyidagi:

- o'quv: umumta'lim maktablarida chizmachilik, oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida hamda kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash kurslarida o'qituvchi;
- ishlab chiqarishni boshqarish: ishlab chiqarish sohasida axborot tåxnologiya bulimlarida yoki markazlarda injånår sifatida;
- ishlab chiqarishni tashkillashtirish: xalq xo'jaligining barcha axborot tåxnologiya sohalarida;
- ilmiy-uslubiy: ilmiy tadqiqot loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish, muassasalarning råjalashtirilgan ilmiy hamda fundamåntal tadqiqotlarida ishtirok etish kabi kasbiy faoliyat turlariga moslashishi mumkin.

Bakalavrlar bålgilangan tartibda oliy va urta maxsus ta'lim muassasalarida, kasbiy ta'lim, shuningdåk kadrlarni malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash muassasalarida ishlashi mumkin.


OO'Y reyting facebook.com Telegram