UZ | RU | EN    

1 2
 
«Oktyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       








Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari



Kafedralar

"Yer usti transport tizimlari" kafedrasi


"Yer usti transport tizimlari"
kafedrasi mudiri

t.f.n., dots. Adilov Oqbo'ta Karimovich

Tel.: +99893 940-77-20

E-mail: oqbuta@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

"Yer usti transport tizimlari" kafedrasi

Kafedra 1993 yilda “Avtomobillar va avtomobil xo‘jaliklari” nomi bilan tashkil qilindi. Dotsent T. Abduazizov rahbarligi davrida kafedra tarkibi shakllantirildi, o‘quv jarayonini tashkil qilish borasida faoliyat yuritilib buning uchun zarur bo‘lgan barcha shart sharoitlar yaratildi. 

1998 -1999 yillarda kafedraga Akademik N.Rashidov mudirlik qilgan. N.Rashidov mudirlik qilgan davrda kafedraning ilmiy potensialni yuksaltirishga asosiy e'tibor qaratildi.

1999 -2003 yillar davomida kafedrani t.f.n. M.Raxmatullaev boshqardi. Uning kafedradagi faoliyati davomida kafedrada kompyuter sinfi tashkil qilindi va auditoriyalar yangi o‘quv vositalari bilan boyitildi, kompyuter, hamda ko‘pgina ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlar kompyuterlar yordamida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Talabalarning yozgi ishlab chiqarish amaliyoti UzDEWOO va SamAvto qo‘shma korxonalarida muntazam o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

2003-2008 yillar davomida kafedraga Jizzax Politexnika institutining professori O.Xamraqulov rahbarlik qildi. Qisqa fursat ichida kafedraning ilmiy-pedagogik tarkibi o‘rganib chiqilib, kafedra salohiyatini oshirish borasida ish olib borildi.

Shu davr mobaynida kafedra o‘qituvchisi S.A. Usmonov nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

2008 yildan 2013 yilgacha dotsent S.Usmonov rahbarlik qildi. Dots. S.A. Usmonov rahbarligida xalqaro va ilmiy grantlar CD_JEP-26123-2005 "CAD/CAE/CAM sistemalari bo‘yicha muhandislik magistratura programmasini yaratish" (umumiy summasi 430810 evro) va OT-F-6-004 "Avtomobil transport vositalaridan ajralib chiqadigan ishlatilgan gazlarning atrof muhitga tarqalish qonuniyatini va ularning atmosfera havo balansiga ta'sirini asoslash" (Umumiy summasi 21000000 so‘m) loyihalar bajarildi. Kafedrada ushbu loyihalar natijasida “CAD/CAM learning laboratory” ilmiy laboratoriyasi 2009 yil yanvar oyidan ishga tushdi.

2013 yildan boshlab t.f.n. dots. O.K.Adilov raxbarlik qilmoqda. 

Dots. O.K.Adilov rahbarligida kafedrada 1ta innovatsion loyiha bajarildi va ushbu loyiha aosida 1 nafar kafedra doktaranti S.Jiyanboev ilmiy tadqiqot ishini yakunlab ximoyaga chiqdi, kafedra dotsenti S.A. Usmonov  raxbarligida 2 xalqaro grant loyihalari bajarilmoqda.

SHuningdek kafedrada ushbu o‘quv yillar davomida 5 turdagi o‘quv qo‘llanma, 42 ta fandan o‘quv – uslubiy majmua,  4 ta patent, 150 dan ziyod ilmiy konfrensiyalardagi ilmiy maqola, ilmiy va chet el ilmiy jurnallarida 50 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etirildi.

Kafedra professor – o‘qituvchilaridan 3 nafari maqsadli doktaranturada katta ilmiy xodim bo‘lib faoliyat olib borishmoqda, 2 nafari mustaqil ilmiy izlanuvchi bo‘lib o‘z doktorlik ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishmoqda.

dots. S.A.USMONOV dots. A.EGAMOV dots. N.ERGASHEV t.f.n. J.N.ABDUNAZAROV

BAKALAVRIAT YO'NALISHI:

5310600 - Erusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti) 

MAGISTRATURA MUTAXASISLIGI:

5A310601 - Erusti transport vositalari va tizimlari (avtotransport), 5A310604 - Avtomobillar va avtomobil xo‘jaligi

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat:

Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi

Avtomobillarning maxsus kursi

Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi va avtoservis asoslari

Avtomobilsozlik texnologiyasi

Avtotransport tarmogi korxonalarini loyixalash

YOnilg‘i moylash materiallari

Yo‘l qurilish mashinalari va jihozlari

Yo‘l transport xodisalari taxlili

Yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari

Yo‘l-transport xodisalari tahlili

Ichki yonuv dvigatellari

Ishonchlilik nazariyasi va diagnostika asoslari

Kompyuterli loyixalash (CAD)

Loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish

Mexanika muxandisligi

Sohaga kirish

Texnik tizimlarni boshqarish

Tranport vositalarining tuzilishi va nazariyasi

Transport vositalari detallarining ish qobiliyatini qayta tiklash texnologiyalari

Transport vositalarida ishlatiladigan ekspluatatsion materiallar

Transport vositalarida qo‘llaniladigan nometall materiallar

Transport vositalarida qo‘llaniladigan ekspluatatsion materiallar

Transport vositalarining konstruksiyasi

Transport vositalarining tuzilishi va ularning texnik ekspluatatsiyasi

Transport vositalarining elektr va elektron jixozlari

Transport energetikasi

Xarakat xavfsizligini tashkil etish asoslari

Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari

Magistratura

Avtomobillar dinamikasi

Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi va servisining nazariy va me'yoriy asoslari

Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi texnologik jarayonini boshqarish

Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasida moddiy texnik ta'minot va resurslarni tejash

Avtomobil transporti ekspluatatsion xususiyatlari nazariyasi

Avtotransport vositalarini diagnostikalash

Avtotransport vositalarini eskirish va tiklash nazariyasi 

Avtotransport tarmog‘i korxonalarini ishlab chiqarish texnik bazasi 

Avtoekspluatatsion korxonalarning ishonchliligi

Jarayonlarni matematik modellashtirish va sanoqli echish

Ilmiy tadkikot metodologiyasi

Mashinalarni sinash va eksperimentlarni rejalashtirish

Mashinalarning mexatronik tizimlari

 

KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI

1. Adilov Oqbuta Karimovich kafedra mudiri, dotsent

2. Usmanov Saloxiddin Aliqulovich dotsent

3. Egamov Abdurashid dotsent

4. Ergashev Nosir dotsent

5. Abdunazarov Jamshid Nurmuxamadovich dotsent v.b

6. Xujanazarov Bobur Farmonovich katta o‘qituvchi

7. Xudoyorov SHarof To‘ychievich katta o‘qituvchi

8. Islomov SHerzod Eshquvvatovich katta o‘qituvchi

9. Suvankulov SHerali Abdimanonovich katta o‘qituvchi

10. Adilov Jamol Abduqaxxorovich katta o‘qituvchi

11. Mamaev G‘ulom Ibroximovich katta o‘qituvchi

12. Mamaeva Lenie Mansurovna katta o‘qituvchi

13. Jiyanboev Sirojiddin Valievich katta o‘qituvchi

14. Nurullaev Usmon Allaqulovich assistent

15. Karimova Kamola G‘ulomovna assistent

16. Begmatov Baxriddin YAxshiboevich assistent

17. Qo‘shboqov Ilxom Sattorovich assistent

18. Turdiev Maruf SHukurullaevich assistent

19. Mustafaev Begzod Farxodovich assistent

20. To‘raev Erkin Nematovich assistent

21. Qulmurodov Dilshod Istamovich assistent

22. Umirov Ilxom assistent

23. Qurbonova Buvrajab assistent

24. Urdushov Avaz assistent

25. Xamraev Jamshid assistent

 

Kafedra jamoasi oldiga yer usti transport tizimlari bo'yicha yetuk bakalavr va magistrlar tayyorlash, o'quv uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish asosiy vazifalar etib belgilandi.

 

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

2012-2017 yillarda bajarilayotgan xalqaro grantlar

1. 530244- TEMPS - 1-2012-SE-TEMPS-JPCR YUksak texnologik muammolarni echish uchun Gruziyada, O‘zbekistonda va Ukrainada oliy muhandislik ta'limini modernizatsiya qilish

Loyiha rahbari: dots. Usamanov

Loyiha mablag'i: 5,7 mil. €

2. 544061-TEMPS-1-12013-UK-TEMPS-JPCR (2013-5074-01-001) 2014-17 Avtomagistrallar qurilishi muhandisligi va transport mashinasozligi” bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish

Loyiha rahbari: dots. Usamanov

Loyiha mablag'i: 837 996,69 €  

 

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR

Usmanov S.A - "ENJITEK natijalar xulosalar va tavsiyalar"(ingliz tilida), Monografiya 2017 yil

 

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI

1. dots. Adilov O katta uq. Islomov SH. katta uq. Suvanqulov SH. Togaev X - Yo‘lda transport vositalarining xavfsiz xarakatlanishini tashkil qilish, Me'morchilik va qurilish muammolar iilmiy -texnik jurnalda 2016 y.

2. dots. Raxmatullaev M.katta uq Xujanazarov B. Togaev X. - Устойчивость и распад струи выхлопных отработавших газов в атмосферной среде, Молодой учёный 2016 г.

3. Ismoilov K, Tog‘aev X.S, YUldoshov B, Togaev X- Avtomobillarni yuvib tozalash mintaqasida hosil bo‘ladigan zararli moddalarning miqdorini hisoblash, "Me'morchilik va qurilish muammolari" Ilmiy-texnik jurnal. Samarqand: 2017 yil,