UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Elektroenergetika" kafedrasi


"Eletroenergetika"
 kafedrasi mudiri

f-m.f.d., prof U. Yuldashev

Tel.: +998(91) 590-56-01

E-mail: h.zaynidinov@tuit.uz

Qabul kunlari: haftaning Dushanba, juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

"Elektroenergetika"  kafedra tarixi

Mazkur kafedra 1979 yilda ToshPI ning Jizzax filialida faoliyat ko'rsatgan "Umumta'lim fanlari" kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan. Kafedra dastlab "Fizika" kafedrasi nomi bilan so'ng 1992 yilda Elektroenergetika mutaxassisligi ochilishi munosabati bilan "Fizika va Elektroenergetika" deb nomlangan. 2002 yilda uning tarkibidan "Elektroenergetika" kafedrasi ajralib chiqdi. 2005 yilda esa  "Fizika vaElektroenergetika"  kafedralari birlashtirilib "Elektroenergetika va Fizika" kafedrasi,  2012 yildan boshlab "Elektroenergetika" kafedrasi deb nomlanib kelmoqda.

1999-2010 yillar mobaynida "EE va fizika" kafedrasi bazasida 1000 dan ortiq elektroenergetik mutaxasislar tayyorlandi. Ular asosan Jizzax,  Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Sirdaryo viloyatlarining elektr tarmoqlari korxonalarida samarali mexnat qilib kelmoqdalar. 2005 yildan boshlab mazkur kafedrani professor, f.m.fanlari doktori U.Y.Yuldashev boshqarib kelgan. U. Yuldashev raxbarligida 1980 yilda kafedra qoshida muammoli – ilmiy laboratoriya tashkil etilgan. So'ng mazkur laboratoriya qoshida "Qattiq jismlar fizikasi" (01.04.07) yo'nalishida aspirantura faoliyat ko'rsatdi. Mazkur muammoli – ilmiy laboratoriyada mamlakatimizda yagona bo'lgan Messbauer spektroskopik qurilmasi yordamida kristall jismlarning radiatsion optik xususiyatlarini tekshirish, gamma-rezonans usulida kristall materiallarning strukturaviy taxlil etish kabi dolzarb muammolar o'z yechimini topgan. Olingan ilmiy natijalar asosida mazkur laboratoriya xodimlari Porsaxonov A., Rabbimov E. Doniyorov Sh. Sattarov S. Igamqulov Z. kabilar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. 1991 yilda U.Yuldashev doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Kafedrani 2012 yildan boshlab dotsent, fizika-matematika fanlari nomzodi Mustafaqulov A. boshkarib kelmokda. Turli yillarda kafedrani Gapparov N., Rabbimov E., Porsaxonov A. lar boshkarganlar.

Xozirgi kunda kafedra tarkibida 19 ta professor-o'qituvchilar faoliyat kursatib kelmoqdalar. Jumladan, ikkta professor-fan doktori 7 ta fan nomzodi-dotsentlar, 4 ta katta o'qituvchi, 6 ta assistentlar fizika, elektroenergetika mutaxassisligiga oid 24 ta fan sirlarini Davlat ta'lim standartlariga mos xolda talabalar ongiga singdirib kelmoqdalar.

Ilmiy tadqiqotlar natijasi sifatida 4 ta nomzodlik va 1 doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 2010 -2012 yillarda katta o'qituvchi Eshbekova S.  va  Nazarov F.   lar nomzodlik dissertatsiyalarini ximoya qildilar.

Shu kunlarda esa assistentlar Anorboyev M., Jo'rayeva N., Suyarova M. lar mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat bilan shug'ullanib kelishmoqda.

"Elektroenergetika" yo'nalishlari

1. Ta'lim kodi: 5310200

2. Ta'lim yo'nalishi nomi: "Elektroenergetika"

3. Yo'nalishning fan va texnika sohasida tutgan o'rni "EE" texnikaning elektr energiyasini ishlab chiqarish, o'zgartirish, uzatish, taqsimlash va iste'mol qilish, hamda bu jarayonlarni boshqarish usullari bilan bog'liq holda  faoliyatini o'z ichiga olgan qismidir.

4. Yo'nalishning kasb faoliyati ob'yektlari: "Elektroenergetika" yo'nalishida 5310200 ta'lim olgan bakalavrlarning kasb faoliyati ob'yektlari quyidagilardir: - Xalq xo'jaligining turli tarmoqlaridagi elektroenergetik ob'yektlar;

-    Elektr stansiyalar va nimstansiyalar ;
-    Elektr uzatish tarmoqlari;
-    Elektroenergetik tizimlar;
-    Elektr ta'minoti tizimlari;
-    Sanoat va boshqa korxonalarning elektroenergetik qurilma va uskunalari;
-    Yuqori va past kuchlanishli texnikalar ob'yektlari;
-    Elektroenergetik ob'yektlarini avtomatlashtirish, boshqarishni avtomatlashtirish va ularni releli himoyalash;
-    Noan'anaviy energiya manbalarining elektr qismlari va energiya hosil qiluvchi manbalar;

5. Kasb faoliyati turlari:

5310200 "Elektroenergetika" yo'nalishi bakalavri fundamental, umumkasbiy va maxsus tayyorgarlikka ega bo'lib quyidagi kasbiy faoliyat turlarini bajaradi:

-    berilgan va ishlab chiqilgan usullar asosida ijodiy jamoa tarkibida;
-    Loyiha – konstruktorlik ishlarini bajarish;
-    Elektr stansiyalari;
-    Elektr tarmoq va tizimlari;
-    Sanoat korxonalari, shahar, tuman, elektr ta'minoti tizimlari;
-    Alohida elektroenergetik ob'yektlar;
-   Avtomatlashtirish va avtomatik boshqarish tizimlari va releli himoyalash, yuqori va past kuchlanishli texnika ob'yektlari;
-    Belgilangan tartib va talablar asosida ishlab chiqarish va uni boshqarish;
-   Elektr stansiyalari, nimstansiyalar, sanoat korxonalari, shahar, tuman, alohida ob'yektlarni elektr ta'minoti tarmog'i va tizimlarini montaj qilish, o'rnatish, ishlatish va nazorat qilish;
-    Releli himoya va avtomatlashtirish tizimlari va boshqarish jihozlari;
-    Yuqori kuchlanish texnik ob'yektlari;
-    Belgilangan metodini asosida yoki magistrlar rahbarligi ostida ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borish;
-    Elektroenergetik va tizimlarda ilmiy tadqiqotlar olib borish;
-    Tadqiqot natijalarini fizikaviy va matematik modellashtirish asosida qayta ishlash;
-   Elektroenergetik tizim va ob'yektlarning rejimlarini hisoblash va boshqarish qurilmalari, releli himoya va avtomatlashtirish funksiyalarini modellashtirish.      

6.    Kasbiy ko'rinish imkoniyatlari:

5310200 Elektroenergetik yo'nalish va bakalavr quyidagi kasbiy faoliyat turlariga ko'nikadi.

-    Montaj – o'rnatish ishlari;
-    Ishlatish va servis xizmati;
-  Bakalavr belgilangan tartibda ta'lim muassasalarini oliy va o'rta ta'lim muassasalarida kasbiy ta'lim muassasasida, kadrlarni malakasini oshirish va qayta tayyorlash muassasalarida ishlay oladi.


OO'Y reyting