UZ | RU | EN    

1 2
 
«Yanvar 2018»
DuSeChPaJuShYa
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
       










Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Qishloq xo'jalik maxsulotlarini qayta ishlash" kafedrasi


"Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash"
 kafedrasi mudiri

Qo‘ychiev Odil Raximovich

Tel.: +998 (93) 300-24-63,  +998 (90) 516-33-00

E-mail: odil1963@inbox.ru

Qabul kunlari: Chorshanba soat 10:00 dan 16:00 gacha.

 

 

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedra tarixi

Jizzax politexnika instituti Respublikadagi oliy o‘quv yurtlari qatoridan joy olgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 28-fevraldagi Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 11-martdagi 125-sonli qaroriga asosan Toshkent arxitektura qurilish institutining Jizzax filiali, Toshkent kimyo-texnologiya institutining Jizzax politexnika instituti filialining umumtexnika fakulteti va Toshkent avtomobil yo‘llari institutining Jizzax politexnika instituti filialning umumtexnika fakulteti negizida tashkil topgan. Jizzax politexnika instituti oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirligi tarkibiga kiritilgan. “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 1983 yilda Toshkent Politexnika institutining Jizzax filiali tarkibida, kimyo fanlari doktori, professor Qurbonov Farhod Qurbonovichning rahbarligida “Umumiy kimyo” kafedrasi nomi bilan tashkil etildi.

1995-2005 yillar kafedraga kimyo fanlari nomzodi  B Urdusheva, 2006-2010 yillarda kimyo fanlari nomzodi N.Tangyarikov, 2011 yilda dotsent I.Ro‘zmatov, 2012-2016 yillarda kimyo fanlari nomzodi, dotsent M.N.Pozilov rahbarlik qildilar. 2017 yil fevral oyidan boshlab k.f.n., dotsent I.Ro‘zmatov rahbarlik qilmoqda.

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim Vazirining 2017 yil 3-oktyabrdagi 728- sonli buyrug‘iga asosan Jizzax politexnika instituti rektorining 2017 yil 6-oktyabrdagi 534 AF- sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan.  

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy majlis qarorlari, “Oliy ta'lim to‘g‘risida”gi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasining boshqa me'yoriy hujjatlari va o‘z Ustaviga amal qiladi. 

“Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi  joylashgan manzil: O‘zbekiston Respublikasi, Jizzax viloyati,  Jizzax shahri, Islom Karimov shox ko‘chasi, 4-uy.

Hozirgi kunda kafedrada 1 ta ta'lim yo‘nalishi 5410500 – Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda, bakalavr talim yo‘nalishlarida 189 nafar talabalar tahsil olmoqda. Talabalarga bilim va ko‘nikmalar berish uchun kafedrada 11 nafardan (9,25 asosiy shtatda) iborat professor-o‘qituvchilar faoliyat olib borishmoqda. Ularning 1 nafari fan doktori, professor va 3 nafari fan nomzodlari bo‘lib, ularning barchasi dotsentlardir.

BAKALAVRIAT YO'NALISHI:

 

  • 5410500 - “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi”

 

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR: 
Bakalavriat:
  • Tuproqshunoslik va agrokimyo
  • Qishloq xo‘jaligida mahsulotlarni saqlash omborlari
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash logistikasi
  • Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi
  • Maxsulotlarni uy sharoitida quritish
  • Donni saklash va dastlabki ishlash texnologiyasi
  • Qishloq xo‘jalik maxsulotlari kimyosi
  • Maxsulotlarni uy sharoitida saqlash
  • Saqlash omborlari va qayta ishlash korxonalarini jihozlari va loyihalashtirish asoslari
  • Mevachilik va sabzavotchilik
  • Dexqonchilik va melioratsiya
  • O‘simlikshunoslik va paxtachilik
  • Mutaxassislikka kirish
  • K/x maxsulotlarini i/ch, saklash va dastlabki ishlashni mexanizatsiyalashtirish
  • Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining biokimyosi
  • Qishloq xo‘jalik maxsulotlariga tovar ishlov berish
  • Subtropik ekinlari maxsulotlarini saklash va dastlabki ishlash texnologiyasi
  • Texnik ekinlari mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
  • Meva-sabzavotlarni saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi
  • Mahsulotlarni uy sharoitida konservalash
KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI
  1. Qo‘ychiev Odil Raximovich kafedra mudiri
  2. Islomov Usmonqul Rustamovich dotsent
  3. Usmankulov Alisher Qodirqulovich dotsent
  4. SHaripov YUldash Toshpulatovich dotsent
  5. Karimov SHavkat katta o‘qituvchi
  6. Norqulova Zoxida Toshbaevna katta o‘qituvchi
  7. SHamshiev Ja'far Abdusalimovich katta o‘qituvchi
  8. Ergashev Baxtiyor Abloqulovich assistent
  9. Usmonova Kamola Abdujabborovna assistent
  10. Karimova Nurzoda Narziqulovna assistent
  11. Xaydarov Sardor assistent
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
  1. “Eryong‘oqni kovlovchi moslamaning ish rejimi va ishchi qismini asoslash”. noyabr 2017 yil Qo‘ychiev O.R.
  2. Jizzax viloyati sharoitida tuproq degradatsiyasiga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish. dekabr 2018 yil Islomov U.R.
  3. Jizzax viloyati sharoitida suv tejamkor texnologiyalarni o‘rganish. yanvar 2018 yil Sharipov YU.T. 
  4. Quritish qurilmasining samaradorligini oshirish. mart 2018 yil Ergashev B. 
  5. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash omborlari. May 2018 yil Usmonova K.
  6. Jizzax viloyati sharoitida olmaning pakana payvandtaglarini etishtirish texnologiyalari. iyun 2018 yil Xaydarov S.
KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR
  1. oktyabr Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun o‘quv-me'yoriy xujjatlarni tayyorlash Qo‘ychiev O.
  2. oktyabr Maxsus fanlarni o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish uchun elektron o‘quv-uslubiy majmuani tayyorlash Qo‘ychiev O.
  3. noyabr Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun elektron shakldagi virtual laboratoriyalarni tayyorlash texnologiyasi Islomov U
  4. noyabr Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish uchun elektron shakldagi virtual amaliy mashg‘ulotlarni olib borishning zamonaviy usullarini tayyorlash Sharipov Y.
  5. Dekabr Mutaxassislik fanlarni o‘kitishda zamonaviy pedagogik ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llash texnologiyalari Norqulova Z.
  6. Dekabr “Subtropik ekinlari mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi” fanini o‘qitish jarayonida o‘quv-uslubiy majmualarni qo‘llash texnologiyasi va erishilgan natijalar Ergashev B.
  7. Yanvar Ixtisoslik fanlarni o‘qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligi va sifati Qo‘ychiev O.
  8. Yanvar Laboratoriya mashg‘ulotlarini ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari yordamida o‘qitish uslubiyati va uni takomillashtirish yo‘llari Karimov SH.,  ass. Karimova  N.
  9. Fevral Ma'ruzalarni tashkil qilish uslubiyati va prinsiplari dots. Sharipov Y. ass. Karimova N.
  10. Fevral Maxsus va samaradorligini oshirish uchun o‘quv-uslmajmuani tayyorlash texnologiyasiubiy fanlarni o‘qitish sifati k.o‘qt.Norqulova Z. ass. Usmonova K.
  11. Mart Bitiruv malakaviy ishlarni bajarishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish samaradorligi, dasturiy ta'minotni yaratilishi. k.o‘qt.Norqulova Z.
  12. ass. Xaydarov S.
  13. Mart Loyihali texnologiyani o‘quv jarayoniga qo‘llash  va joriy etish istiqbollari eng zamonaviy usullarni aniqlash va joriy etish istiqbollari dots. Islomov U. ass. Xaydarov S. 
  14. Aprel Kimyoviy texnologiyalarning nazariy asoslari fanini o‘qitishda Klaster usulini  qo‘llash texnologiyasini takomillashtirish uslubiyati k.o‘qt. SHamshiev J.
  15. Aprel Talaba-o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqatni optimallashtirish uslubiyati ass.  Ergashev B.
  16. May Elektron jurnalni yuritilishi va uni ma'lumotlar bilan sifatli to‘ldirish texnologiyasini ishlab chiqish. dots. Islomov U. ass. Usmonova K.
  17. May Semestr natijalarini tahlil qilish va unga  asosan ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqish dots. Qo‘ychiev O.
  18. Iyun Modul elektron majmua tuzilishini takomillashtirish va ma'lumotlar bazazini kengaytirish istiqbollari dots. Sharipov Y. ass. Karimova N.
KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI
  1. Zamonaviy informatsion texnologiyalardan foydalanib “Materialshunoslik va KMT” fanidan o‘qitish metodikasi  “Ilm-fan yutuqlari-taraqqiyotning muhim omili” mavzusidagi iqtidorli talabalarning ilmiy-texnik anjumani maa'ruza tezislari to‘plami, 2017. –B. 96-98. -Jizzax. Kuychiev O., Qaxramonova SH.
  2. Chiqindisiz texnologiyalar yaratish va ekologik muammolar “Fan-texnika, ta'lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman. Jizzax 2017 yil,346-349 b Avalboev G‘.A., Ergashev B.O.
  3. Suv zairalarining neft masulotlari bilan ifloslanishining ekologik muommolari va uning oldini olish chora-tadbirlari “Fan-texnika, ta'lim va texnologiyalar: dolzarb muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjuman. Jizzax 2017 yil,328-331 b Matchanova M.B.
  4. Prezident asarlarida yoshlarning jamiyat ayotidagi o‘rni va mav=eini yanada yuksaltirish vazifalari Jizzax davlat pedogogika insituti  “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta'lim tarbiya masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman. Jizzax 2017 yil. 26-may. 173-174 betlar Matchanova M.B.
  5. Prezident asarlarida yoshlarning jamiyat ayotidagi o‘rni va mavqini yanada yuksaltirish vazifalari Jizzax davlat pedogogika instituti  “Islom Karimov asarlarida mamlakatimiz yoshlari hayotiy pozitsiyasini shakllantirish va ta'lim tarbiya masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman. Jizzax 2017 yil. 26-may. 296-297betlar Matchanova M.B.
  6. Atmosfera havosining ifloslanishi va uning salbiy oqibatlari “O‘zbekiston ayollarining  fan,  ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.Jizzax 2017 yil 9-10 iyun Avalboev G‘.A., Bo‘ronova F.A.       
  7. Kimyo sanoatining ekologik muammolari “O‘zbekiston ayollarining  fan,  ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari”  mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.Jizzax 2017 yil 9-10 iyun Avalboev G‘.A., Xadjibaev D.A.
  8. Oziq-ovqat sanoati chiqindilarini zararsizlantirish va atrof-muhit muhofazasi “O‘zbekiston ayollarining  fan,  ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari”  mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.Jizzax 2017 yil 9-10 iyun Avalboev G‘.A., Madixanova Z.O.       
  9. Chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish muammolari “O‘zbekiston ayollarining  fan,  ta'lim, madaniyat va biznes sohasidagi yutuqlari”  mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya.Jizzax 2017 yil 9-10 iyun Avalboev G‘.A., Xadjibaev D.A.       
  10. Qishloq xo‘jaligi atrof-muhitga ta'sir etuvchi asosiy omil sifatida “Ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida intellektual salohiyatli yoshlar-mamlakat taraqqiyotining  muhim omili” mavzusida XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi ilmiy ishlar to‘plami 27 may, 2017 yil, 74-75 b Avalboev G‘.A.
  11. Qishloq xo‘jaligining asosiy ekologik muammolari Ekologiya xabarnomasi. O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining axborot-tahliliy va ilmiy-amaliy jurnali. 7 2017 Avalboev G‘.A.

OO'Y reyting