UZ | RU | EN    

1 2
 
«Sentyabr 2018»
DuSeChPaJuShYa
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930
       









Saytga ovoz bering

A'lo
Zo'r
Yaxshi
Bo'ladi
Bo'lmaydi
Natijalarni ko'rish
Davlat ramzlari







Kafedralar

"Umumtexnika fanlari" kafedrasi


"Umumtexnika fanlari"
 kafedrasi mudiri

texnika fanlari nomzodi, dotsent Zokirov Asqar Xalilovich

Tel.: +998977088361

E-mail: asqar_z@mail.ru

Qabul kunlari: haftaning chorshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

 

 

KAFEDRA XAQIDA MA'LUMOT:

"Umumtexnika fanlari" kafedrasi institut rektorining 2014 yil 27-iyundagi № 17 AF sonli buyrug'i asosida "Umummuxandislik fanlari, metrologiya va standartlashtirish" kafedrasi tarkibidan ajralgan xolda “Umummuhandislik fanlari” kafedrasi, 2015 yilning fevral oyidan boshlab “Umumtexnika fanlari” kafedrasi tashkil etildi.

KAFEDRADA O'QITILADIGAN FANLAR:

Bakalavriat: Kafedrada "Chizma geometriya va muxandislik grafikasi", “Nazariy mexanika”, “Texnik mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Materiallar qarshiligi”, “Qurilish mexanikasi”, “Mashina detallari” kabi fanlar o'tiladi. O'tiladigan barcha fanlardan o'quv jarayonida mos xolda uslubiy materiallar tayyorlangan.

KAFEDRA PROFESSOR-O'QITUVCHILARI

Hozirgi vaqtda kafedrada 20 shtat birligi bo'lib, uch nafar fan nomzodi, dotsent, sakkiz nafar katta o'qituvchi va to'qqiz nafar assistentlar faoliyat olib borishmoqda.

  1. Igamberdiyev Xolmurod dotsent
  2. Mirzaqobilov Norquzi dotsent
  3. Xolbo'tayev Usmon katta o'qituvchi
  4. Abdug'aniyev Abdumannon katta o'qituvchi
  5. Bultakov Tursunqul katta o'qituvchi
  6. Axmedov Burxon katta o'qituvchi
  7. Soatov Anvar katta o'qituvchi
  8. Muxitdinov Abduvali katta o'qituvchi
  9. Quvondiqov Yoqub katta o'qituvchi
  10. Gapparov Behzod katta o'qituvchi
  11. O'razaliyev Faxritdin assistent
  12. Aynaqulov Xusniddin assistent
  13. Nabixo'jayeva Nargiza assistent
  14. Soatov Sharof assistent
  15. Rasulov Azamat assistent
  16. Muxitdinov Abduvaxob assistent
  17. Igamberdiyev Dilshod assistent
  18. Norbekov Nodir assistent
  19. Raximov Furqat assistent

 "Umumtexnika fanlari" kafedrasida 9 nafar professor – o'qituvchi akademik guruxlarda murabbiylik ishlari olib borishadi. Bundan tashqari turli xil kechalar, talabalar uyida kafedra kunlari, muzey va kinoteatrlarga madaniy xordiq chiqarishda kafedra-professor o'qituvchilari va talabalar faol ishtirok etib kelishmoqda.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR

Kafedraning yosh o‘qituvchilaridan N.Nabixo‘jaeva qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi professor olimi, t.f.d. A.To‘xtaqo‘ziev ilmiy rahbarligida, 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “YUqori quvvatli traktorlarda keng qamrovli chizel-kultivator ishlab chiqishning ilmiy texnik echimlari” mavzusida,  SH.Soatov qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi professor olimi, t.f.d. A.To‘xtaqo‘ziev ilmiy rahbarligida, 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Tuproqqa asosiy ishlov berish mashinalari ish ko‘rsatkichlarini oshirishning ilmiy-texnik echimlari” mavzusida, A.Rasulov qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining etakchi  olimi, t.f.d. K.D.Ostanakulov ilmiy rahbarligida 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Dukkakli don ekinlari urug‘ini bir bosqichda tozalab olishning ilmiy-texnikaviy echimlari” mavzusida, D.Igamberdiev qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy tadqiqot institutining akademigi, t.f.d. A.X.Xodjiev ilmiy rahbarligida 05.07.01- qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari, qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash ixtisosligi bo‘yicha “Kanop o‘rish kombayni urug‘ sidiruvchi barabanining parametrini aniqlash” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlarini mustaqil tadqiqotchi sifatida davom ettirishmoqda.

KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY-USLUBIY ISHLAR

Joriy yilga qadar kafedrada 15 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlar kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan chop etildi.

KAFEDRA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI VA ILMIY IZLANUVCHILARINING CHOP YETILGAN MAQOLALAR RO‘YHATI

1. Таълим сифатини яхшилашда эришилган натижалардан самарали фойдаланиш. Монография. Тошкент. 2017. Турон-Иқбол нашриёти. Ғ.Ғ.Эгамназаров, Б.Ж.Ражабов, Б.С.Исломов, И.Тошназаров 

2. Усовершенствования шпенделей хлопкоуборочных машин. Материалы Международных научно-практических интернет конференции на тему “Современное экологическое состояние, природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования” г.Астрахан. 28-февраля 2017 г. Х.Х.Игамбердиев, О.Р.Қўйчиев 

3. Автомобиль и окружающая среда. Материалы II Международной научно-практической интернет-конференции по теме "Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования". с. Соленое Займище. 28-февраля 2017. Тагаев Х., Набиходжаева Н., Садуллаев А., Расулов А.

4. Уточнение понятия "деталь" в учебных курсах Детали машин. Материалы IX-международной научно-практической конференции. г. Москва. 2017. Набихўжаева Н., Пардаев О.

5. Биологические особенности тростника обыкновенного и меры борбы с ними. Материалы II-международной научно-практической конференции по теме Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования. г.Москва. 2017. Набихўжаева Н.

6. Отбор объектов для практических работ студентов по черчению. Журнал Молодой ученый № 6 (360) Материалы международной конференции. г. Казань. 2017. Айнақулов Х., Қувондиқов Ё.

7. Использование отходов животноводских ферм - важный фактор для улучшения экологии. “Современное экологическое состояние природной среды и научно-практические аспекты рационального природопользования" йўналиши бўйича 2017 йил 28 февраль Россиянинг Астрахан вилояти Солёное Займище қишлоғидаги “Прикаспийский НИИ” ФГБНУда ўтказилган иккинчи халқаро илмий-амалий интернет конференцияси. Тагаев Х., Убайдуллаев С., Гаппаров Б.


OO'Y reyting facebook.com Telegram